"Liquidity Sweep" nima?

"Liquidity Sweep" nima?
#termin
3 daqiqa
26/02/25, 01:17

Ulashish:
Liquidity sweep - bu narx birdan yuqori yoki pastga harakat qilishi natijasida likvid zonalarda soya tashlab ketishi hisoblanadi. Bu harakatlar ko'pincha bozor qatnashchilarining stop-loss va limit orderlarini market-makerlar tomonidan "ovlash" uchun amalga oshiriladi. Aktiv narxi ushbu stop-losslarga tegganidan so'ng, o'z narx harakatini o'zgartiradi. Ya'ni bozor o'zi xohlagan tomonga ketishdan oldin keraksiz o'yinchilarni chiqarib yuboradi. Liquidity Sweep nafaqat sell yoki buy pozitsiya ochgan treyderlarning stop-losslarini ovlaydi. Balki, narx ana "break-out" qilib berdi, endi faqat yuqoriga yoki pastga ketadi deb pozitsiyaga kirgan buy stop yoki sell stop treyderlarni ham zararga kiritadi. Shuning uchun bozorni tahlil qilishda likvidlik zonalarini aniqlab olib, ular ovlangandan keyin savdoga kirgan ma'qul. Yo'qsa, siz o'zingiz "likvid" bo'lib qolishingiz mumkin.
Photo: Google
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26