"Alskom" sug'urta kompaniyasi aksiyalari Toshkent fond birjasidagi savdosi vaqtincha to'xtatildi

"Alskom" sug'urta kompaniyasi aksiyalari Toshkent fond birjasidagi savdosi vaqtincha to'xtatildi
#kompaniyalar, #tahlil
3 daqiqa
12/04/25, 18:47

Ulashish:
"Alskom" sug'urta kompaniyasi aksiyalari Toshkent fond birjasidagi savdosi vaqtincha to'xtatildi
Fond birjasining xabariga ko'ra, aksiyalar savdosining to'xtashi sababi ''split'' (maydalash) bosqichi bilan bog'liq.
Hozirda, Alskom oddiy aksiyalari narxi — #ALSM 1 495 so'mni tashkil etmoqda. Nominal narxidan (1 380 so'm) biroz yuqoriroq.
Jami emissiya qilingan oddiy aksiyalar miqdori 29 062 358 tani tashkil qiladi.
2025-yil 4-aprelda bo'lib o'tgan, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida kompaniyaning yangi aksiyalarini chiqarish orqali aksiyalar sonini ko'paytirish kelishilgan.
"Alskom" aksiyalari bilan so'nggi kunlik yirik tranzaksiyalar Toshkent fond birjasi tomonidan 2022-yil 6-iyunda ro'yxatga olinib, umumiy miqdori — 10,16 mlrd so'mlik savdo amalga oshirilgan.
"Alskom" kompaniyasi aksiyalarining 35,5 foiz Prezidentning 2023-yil 24-martdagi 102-sonli qaroriga muvofiq ommaviy savdolar orqali fond birjalari orqali sotilishi kerak.
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo ‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26