top of page
O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) aksiyalarining ommaviy joylashtirilishi boshlanishiga bag‘ishlangan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) aksiyalarining ommaviy joylashtirilishi boshlanishiga bag‘ishlangan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi

#tovarlar

5-daqiqa

27/09/24, 21:32

1/3 Bitcoin
Ulashish:

’’Xalqchil IPO‘’ dasturi doirasida O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) aksiyalarining ommaviy joylashtirilishi boshlanishiga bag‘ishlangan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi va tadbir davomida ’’O‘zRTXB’’ SPO‘sining yakuniy parametrlari e’lon qilindi.


Tadbir 26-sentyabr kuni Toshkent shahrida Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston moliya bozorining asosiy vakillari va ’’Xalqchil IPO‘’ dasturi tashkilotchilari ishtirok etishdi.


Taqdimotda ’’Davlat aktivlarini boshqarish agentligi’’ direktori Akmalxon Ortiqov, ’’Istiqbolli loyihalar milliy agentligi’’ direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak, ’’KPMG‘’ investitsiyalar va kapital bozorlari bo‘limi direktor o‘rinbosari Madina Sarsekeyeva, ’’O‘zRTXB’’ AJ boshqaruv raisi Ziyovuddin Badriddinov, ’’KAPDEPO‘’ investitsiya kompaniyasi direktori Farrux Xodjayev, ’’E-Auksion’’ AJ direktori Sohib Murodov, ’’KAPDEPO‘’ kompaniyasi invest bankiri Muzaffar Roziqov spikerlik qildi.


Ma’ruzachilar ’’Xalqchil IPO‘’ dasturining huquqiy asoslari nimalardan iborat ekanligi, asosiy mohiyati,uning qanday ishlashi va tizimi,istiqbollari haqida so‘z yuritishdi, bitimlar bo‘yicha tanishtirishdi. ’’O‘zRTXB ’’ AJ faoliyati to‘g‘risidagi videorolik taqdim etildi.


Elektron auksion platformasi va ’’GoInvest’’ ilovasi orqali aksiyalarni sotib olish uchun masofaviy arizalar yuborish va hisob ochish tartibi va talablari tushuntirildi. Hozirda www.xalqchilipo.uz sayti orqali aksiyalarga ariza berish imkoniyati mavjud.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page