FOMC qanday qo'mita?
FOMC qanday qo'mita?
#tahlil
24/02/25, 01:04
Ulashish:
FOMC (Federal Open Market Committee) - bu AQSh bankining (Federal Reserve) bir qo'mitasi. Bu tashkilot AQSh pul-kredit siyosatini belgilashga mas'ul bo'lgan asosiy organ.
FOMC quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Foiz stavkalarini belgilash
-AQSh iqtisodiyotidagi pul massini nazorat qilish
FOMC odatda bir yilda 8 marta yig'ilib, pul-kredit siyosati bo'yicha qarorlar qabul qiladi. Uning qarorlari AQSh va jahon iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi.
2025-yil uchun FOMC tarkibi Ovoz berish a'zolari:
1. Jerom Pauell - rais
2. Filipp Jefferson - rais o'rinbosari 3. Maykl Barr - gubernator
4. Mishel Bowman - gubernator
5. Kristofer Uoller - gubernator
6. Liza Kuk - Gubernator
7. Adriana Kugler - gubernator
8. Jon Uilyams - Nyu-York Federal zaxira banki prezidenti
9. Austan Goolsbi - Chikago Federal zaxira banki prezidenti
10. Syuzan Kollinz - Boston Federal zaxira banki prezidenti
11. Alberto Musalem – Sent-Luis Federal zaxira banki prezidenti
12. Jeffri Shmid - Kanzas-Siti Federal zaxira banki prezidenti
linkedin.com
O'xshash yangiliklar
1964-yildan buyon AQShning S&P 500 fond indeksi 10 084% ga o‘sdi. Shu davr mobaynida AQShdagi nominal ish haqi o‘sishi esa 1 196% atrofida bo‘lgan. Raqamlar uzoq muddatda aktivlarga egalik qilish va faqat mehnat daromadiga tayanish o‘rtasidagi katta tafovutni ko‘rsatadi.
S&P 500 60 yilda 10 000% dan ko‘proq o‘sdi: ish haqi esa ancha sekin oshgan
07/09/26