top of page
UZEX haftalik dayjesti

UZEX haftalik dayjesti

#iqtisod

3 min

18/03/24, 12:24

1/3 Bitcoin
Ulashish:

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 11-17-mart kunlari “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 400,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 49,6% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 62,3% birja savdolariga, qolgan 37,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 541,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 232,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.


Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 5 280 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 22,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.


Birja savdolari


Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 119,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:


Sement


O‘tgan haftada birja savdolari orqali 89 177,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 17 835,0 ming tonnani tashkil qildi.


Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 538,6 ming so‘mdan 535,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.


Suyultirilgan gaz


O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 11 116,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 7 019,0 tonnasi, yaʼni 63,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 222 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 405,9 ming so‘mdan 5 188,9 ming so‘mgacha pasaygan.


Texnik chigit


O‘tgan hafta birja savdolariga 48 461,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 30 816,0 tonnasi, yaʼni 63,6% qismi sotildi.


Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 259,7 ming so‘mdan 3 135,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 ta xaridor ishtirok etdi.


Manbaa: "O'zRTXB" AJ PR bo'limi

Maqolani ulashing:

Photo:uzex.uz

O'xshash yangiliklar

AQSh Federal Zaxirasi bugungi FOMC yig'ilishida foiz stavkasini 4,75 foizdan 4,5 foizga pasaytirdi. 

Fed foiz stavkasini 0,25% ga pasaytirdi!
#iqtisod

19/12/24

Xitoy 2025 yilda yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida rekord darajadagi byudjet taqchilligini rejalashtirmoqda!

Xitoy 2025-yilda YaIM hajmi 4% gacha o'stirishni rejalashtirmoqda
#iqtisod

17/12/24

Pauell kechagi nutqida AQSh iqtisodiyoti, inflatsiya, pul-kredit siyosati va mehnat bozoriga doir masalalarga alohida to'xtalib o'tdi. 

Fed raisi Jerom Pauellning kechagi nutqidagi asosiy fikrlar
#iqtisod

17/10/24

Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.

Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod

22/04/24

Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni  bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi

Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod

18/04/24

Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD 100 000 yuan (taxminan 13 912 dollar) qiymatiga ega bo'lgan avtomobilni joriy qildi

BYD 13 900 dollardan past bo’lgan avtomobil taqdim etmoqda
#iqtisod

14/03/24

bottom of page