Fed foiz stavkasini 0,25% ga pasaytirdi!

Fed foiz stavkasini 0,25% ga pasaytirdi!
#iqtisod
1 daqiqa
19/12/24, 08:11

Ulashish:
AQSh Federal Zaxirasi bugungi FOMC yig'ilishida foiz stavkasini 4,75 foizdan 4,5 foizga pasaytirdi. Jerom Pauellning ta'kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti mustahkam o'sish sur'atlarini boshdan kechirmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotning ishonchli va mustahkam ma'lumotlari bilan bog'liq. Shunindek, yaqin muddatda retsessiya xavfi minimal ekanligini ham aytib o'tdi. Ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolayotgan bo'lsa-da, mehnat bozorida stavkalar pasaytirilgandan keyin sharoit sezilarli darajada yaxshilandi. Pauellning ta'kidlashicha, mehnat bozori va inflyatsiya o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik yo'q, ya'ni biri ikkinchisiga ta'sir qilishi shart emas. U kelgusi yil stavkalarni pasaytirish yanada mo'tadil bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Chunki qarorlar iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama baholash asosida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.
Photo: Google
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24