BYD 13 900 dollardan past bo’lgan avtomobil taqdim etmoqda

BYD 13 900 dollardan past bo’lgan avtomobil taqdim etmoqda
#iqtisod
2 min
14/03/24, 09:57

Ulashish:
Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD 100 000 yuan (taxminan 13 912 dollar) qiymatiga ega bo'lgan avtomobilni joriy qilish orqali narxlar urushini yanada kuchaytirdi.
Dunyodagi eng yirik EV ishlab chiqaruvchilardan biri chorshanba kuni yangi takomillashtirilgan e2 modelining narxini 89 800 yuanga belgilanishini ma'lum qilgan edi. Bu avvalgi narxi 102 800 yuanga nisbatan 12,6 % ga pastroqdir.
405 kilometr masofani bosib o'tadigan ixcham avtomobil e2 modeli endi BYDning arzon narxlardagi takliflari qatoriga qo'shildi va past narxga ega bo’lgan beshinchi modelga aylandi.
Ushbu harakat EV larni kengroq iste'molchilar, shu jumladan Xitoydagi daromadi past bo'lganlar uchun yanada qulayroq qilish strategiyasining bir qismi sifatida ko'rilmoqda.
Ilgari faqat BYD tomonidan boshqa model bo'lgan Seagull xetchbeki 100 000 yuandan pastroqda sotilgan.
Biroq, yaqinda Seagull narxini 69 800 yuanga tushirgandan so'ng, BYD to'rtta qo'shimcha model - e2, Qin Plus DM-i plagin gibrid, Dolphin va Chaser narxini o'zgartirdi.
Photo: Google
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24