Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa

Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
2 min
22/04/24, 08:52

Ulashish:
AQSh inflyatsiya ko'rsatkichlari
Juma kuni AQSh inflyatsiya ma'lumotlariga , Federal rezervning qulay inflyatsiya o'lchagichi bo'lgan shaxsiy iste'mol xarajatlari (PCE) narxlari indeksi bilan yana bir bor ko'rishadi , iqtisodchilar mart oyida ham yuqori bo'lib qoladi.
Katta texnologiya daromadlari
Texnologik gigantlarning "Muhtasham yetti" guruhidan to'rttasi hisobot beradi. Elektromobil ishlab chiqaruvchisi Tesla seshanba kuni bozor yopilgandan so'ng o’z hisobotini e’lon qiladi. Meta chorshanba kuni, undan keyin esa Microsoft hisobot topshirsa, Google payshanba kuni e’lon qiladi.
Katta texnologiyalar S&P 500 uchun juda muhim. Chunki bu kompaniyalar indekslarining eng katta vazndir.
Neft narxlari
Neft narxlar o'tgan haftada taxminan 3% ga tushdi. Ikkala ko'rsatkich ham fevral oyidan beri eng katta haftalik yo'qotishlarini e'lon qildi.
Saudiya Arabistoni va Rossiya boshchiligidagi OPEK+ aʼzolari oʻtgan oy ixtiyoriy ravishda kuniga 2,2 million barrel (barrel) ishlab chiqarishni qisqartirishni iyun oyi oxirigacha uzaytirishga kelishib oldilar. Bu neft narxining ko'tarilishiga yordam berdi.
PMI ma'lumotlari
Seshanba kuni AQSh va Buyuk Britaniyaning PMI ma'lumotlari e’lon qilinadi. Bu esa Yevropa Markaziy bankini iyun oyida stavkalarni pasaytirish ehtimollarini kuchaytishi mumkin.
BOJ yig'ilishi
BOJ juma kuni bo'lib o'tadigan siyosiy yig'ilishida yangi choraklik o'sish va inflyatsiya prognozlarini e'lon qiladi. Keyingi stavkalarni ko'tarilish vaqti bo'yicha muzokara o'tkazadi.
Photo:Reuter
O'xshash yangiliklar
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24