top of page
Tesla endi AQShning eng qimmat 10 taligiga kirmaydi

Tesla endi AQShning eng qimmat 10 taligiga kirmaydi

#tahlil, #fond bozorlari

2 min

07/03/24, 11:37

1/3 Bitcoin
Ulashish:

6-mart kungi savdo natijalariga ko‘ra, Tesla AQSh fond birjalaridagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni yo‘qotdi. Savdo ma'lumotlariga ko'ra, elektromobil ishlab chiqaruvchi o'rniga Visa eng yaxshi 10 talikka kirgan.

Asosiy savdo sessiyasi yakunida Tesla aksiyalari 2,32 % ga tushib, $176,54 ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, Visa qimmatli qog‘ozlari 0,38 foizga oshib, 280,43 dollarni tashkil qildi.


Natijada elektromobil ishlab chiqaruvchisining kapitallashuvi 562,24 milliard dollarni, dunyodagi eng yirik to‘lov tizimlaridan birining bozor qiymati esa 563,38 milliard dollarni tashkil etdi.Tesla 2023-yil 20-yanvardan beri AQShning eng qimmat 10 kompaniyasidan chiqmagan edi. Kapitallashuv bo'yicha Tesla hozirda Qo'shma Shtatlarda 11-o'rinni egallab turibdi.


Endi AQShning eng qimmat 10 ta kompaniyasi quyidagicha ko'rinadi:


Microsoft - 2,99 trillion dollar;

Apple - 2,61 trillion dollar;

NVIDIA - 2,22 trillion dollar;

Amazon - 1,8 trillion dollar;

Alphabet- 1,64 trillion dollar;

Meta - 1,27 trillion dollar;

Berkshire Hathaway - 870,99 milliard dollar;

Eli Lilli - 740,91 milliard dollar;

Broadcom - 625,62 milliard dollar;

Viza - 563,38 milliard dollar.


Maqolani ulashing:

© Reuters.

O'xshash yangiliklar

Ushbu hafta muhim Fed ma'lumotlari va siyosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, o'tgan haftalardagi voqealar tufayli neft narxidagi o'zgarishlar ham e'tibor markazida bo'ladi.

Haftaning 5 muhim voqeasi
#tahlil, #iqtisod

17/10/24

Ushbu hafta siyosiy jarayonlar va daromad hisobotlariga boy o’tishi kutilmoqda. AQSh saylovoldi voqealari qizg’in tarzda tus olayotgani va uning bozorga ta’siri ham yetarlicha bo’lgani uchun bozor ishtirokchilari barcha siyosiy jarayonlarga e’tiborli bo’lishlari zarur.

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea
#tahlil, #iqtisod

17/10/24

Bu hafta markaziy banklarning hisobotlariga boy bo'ladi. Fed hisoboti, Xitoyning PMI hisoboti, Yevrozona inflatsiya ma'lumotlari e'tibor markazida bo'ladi. Shu bilan birga, AQSh bandlik hisoboti va megacap ikkisi Amazon va Apple o'z daromad hisobotini e'lon qiladi. 

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta narsa
#tahlil, #iqtisod

29/04/24

Juma kungi AQSh bandlik ma'lumotlari bu haftaning iqtisodiy taqvimining asosiy markazida bo'lib turibti. Sgu bilan birga Yevrozona va Xitoy ma'lumotlarini kuzatib borish zarur. Osiyoning ikkin kuchli valyutalari mustahkamlash yo'lidago chora-tadbirlar ularga qanday ta'sir qilishini kuzatish kerak.

Shu hafta davomida bozorlarda kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea
#tahlil, #iqtisod

01/04/24

Nividia va AI sohasidagi keskin o'sish investorlar va tahlilchilarni bozor bumimi yoki yo'q deb taxmin qilishga va chip ishlab chiqaruvchi va boshqa texnologik gigantlar uchun yuqori baholarning barqarorligiga shubha qilishga undamoqda.

Nvidianing kuchli o’sishi 1999-yilgi bozor ssenariysini takrorlayaptimi?
#tahlil, #iqtisod

15/03/24

bottom of page