top of page
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea

#tahlil, #iqtisod

2-daqiqa

15/07/24, 04:05

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Donald Trampning nutqi

Sir emaski, shanba kuni Trampga saylovoldi tashviqot nutqi payti suiqasd uyishtirildi. Uning jarohati og’ir emasligi va o‘q uzgan shaxs qo’lga olinganligi vaziyatni biroz yengillashtirdi.

Shuning uchun Tramp shu hafta Miluokidagi toʻrt kunlik Respublikachilar qurultoyida qabul qilishi e’tibor bilan kuzatiladi. Bu uning suiqasddan keyingi birinchi ommaviy chiqish bo'lishi mumkin.

Fed raisi Jerom Pauell nutqi

Fed raisi Jerom Pauell Vashington Iqtisodiy klubida Devid Rubenshteynga intervyu beradi. Suhbatdan keyin savollarni o'z ichiga olgan sessiya rejalashtirilgan.

Daromad mavsumi davom etadi

Q2 daromad mavsumi o'tgan hafta boshlandi. Dushanba kuni Goldman Sachs va BlackRock o'zlarining moliyaviy natijalari to'g'risida hisobot berishadi. Haftaning oxirida esa Bank of America, Morgan Stanley, ASML va Netflix ham o'z natijalari haqida hisobot berishlari kerak.

ECBning foiz stavkasi qarori

Payshanba kuni Yevropa Markaziy banki (ECB) joriy stavkalarni iyun oyida pasaytirgandan keyin ham saqlab qolishi kutilmoqda.

AQShning qator hisobotlari

Chorshanba kuni Fed o'n ikkita Federal rezerv okrugining har biridan joriy iqtisodiy sharoitlar to'g'risidagi anekdot ma'lumotlari to'plami bo'lgan "Bej kitobi" hisobotini ma’lum qiladi.

Undan so’ng, ishsizlik da'volari (payshanba) va chakana savdo (seshanba) ma'lumotlari ham shu haftada ma’lum qilinishi kerak.

Maqolani ulashing:

Photo:Reuter

O'xshash yangiliklar

Ushbu hafta muhim Fed ma'lumotlari va siyosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, o'tgan haftalardagi voqealar tufayli neft narxidagi o'zgarishlar ham e'tibor markazida bo'ladi.

Haftaning 5 muhim voqeasi
#tahlil, #iqtisod

17/10/24

Bu hafta markaziy banklarning hisobotlariga boy bo'ladi. Fed hisoboti, Xitoyning PMI hisoboti, Yevrozona inflatsiya ma'lumotlari e'tibor markazida bo'ladi. Shu bilan birga, AQSh bandlik hisoboti va megacap ikkisi Amazon va Apple o'z daromad hisobotini e'lon qiladi. 

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta narsa
#tahlil, #iqtisod

29/04/24

Juma kungi AQSh bandlik ma'lumotlari bu haftaning iqtisodiy taqvimining asosiy markazida bo'lib turibti. Sgu bilan birga Yevrozona va Xitoy ma'lumotlarini kuzatib borish zarur. Osiyoning ikkin kuchli valyutalari mustahkamlash yo'lidago chora-tadbirlar ularga qanday ta'sir qilishini kuzatish kerak.

Shu hafta davomida bozorlarda kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea
#tahlil, #iqtisod

01/04/24

Nividia va AI sohasidagi keskin o'sish investorlar va tahlilchilarni bozor bumimi yoki yo'q deb taxmin qilishga va chip ishlab chiqaruvchi va boshqa texnologik gigantlar uchun yuqori baholarning barqarorligiga shubha qilishga undamoqda.

Nvidianing kuchli o’sishi 1999-yilgi bozor ssenariysini takrorlayaptimi?
#tahlil, #iqtisod

15/03/24

Tesla AQSh fond birjalaridagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni yo‘qotdi.

Tesla endi AQShning eng qimmat 10 taligiga kirmaydi
#tahlil, #fond bozorlari

07/03/24

bottom of page