top of page
Shu hafta davomida bozorlarda kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea

Shu hafta davomida bozorlarda kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea

#tahlil, #iqtisod

2 min

01/04/24, 10:12

1/3 Bitcoin
Ulashish:

1.Juma kuni e’lon qilinadigan AQSh ish o'rinlari to'g'risidagi hisobot asosiy e’tibor markazida bo’lib turibti. Bundan iqtisodiyot uchun "yumshoq qo'nish" umidlari investorlarning diqqat markazida bo’ladi. AQSh iqtisodiyoti mart oyida 205,000 ish o'rinlarini qo'shishi kutilmoqda , bu fevral oyida qo'shilgan 275,000 ish o'rinlaridan kamroq ko’rsatgichdir.


2.Ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlardan oldin, investorlar chorshanba kuni Fed raisi Jerom Pauell bilan birga bir nechta Fed amaldorlarining nutqlarini kuzatishlari zarur.

Nyu-York Fed prezidenti Jon Uilyams,

San-Fransisko Fed rahbari Meri Deyli

Richmond Fed rahbari Tomas Barkin kabi amaldorlar chiqish qilishlari kerak.


3.Yaponiya va Xitoy valyutalari kuchli dollar tufayli Yaponiya va Xitoyning pul-kredit idoralari hushyor holatda. Yenning bir dollar uchun 152 darajasiga tushib ketishi va yuanning bir dollar uchun 7,2 punktdan oshishi rasmiylarni o'z valyutalarini mustahkamlashga doir sa'y-harakatlarni kuchaytirdilar. Ikki yirik Osiyo valyutasi qanchalar qulaganini hisobga olsak, bundan keyin nima bo‘lishini aytish qiyin. Ikki Osiyo valyutalari kuzatib borish esa foydadan holi bo’lmaydi.


4.Yevrozona chorshanba kuni mart oyi uchun inflyatsiya ma'lumotlarini e'lon qiladi. Bu Yevropa Markaziy banki iyun oyida stavkalarni pasaytirishga doir kuchli ehtimollar tufayli diqqat bilan kuzatilishi kerak.

Eslatib o’tamiz, shanba kuni so'zga chiqqan ECB Boshqaruv Kengashi a'zosi Robert Xolzmann Feddan oldin asosiy foiz stavkasini pasaytirishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, Yevropa iqtisodiyoti amerikalik hamkasbiga qaraganda sekinroq o'sayotganini ta'kidladi.


5.Dunyoning 2-raqamli iqtisodiyoti ega bo’lgan Xitoy va uning iqtisodiga doir ma’lumotlarni kuzatib borish zarur. Chunki yakshanba kuni e'lon qilingan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning ishlab chiqarish faoliyati mart oyida so’nggi olti oy ichida birinchi marta kengayganini ko’rsatdi.

Maqolani ulashing:

Photo:Reuter

O'xshash yangiliklar

Ushbu hafta muhim Fed ma'lumotlari va siyosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, o'tgan haftalardagi voqealar tufayli neft narxidagi o'zgarishlar ham e'tibor markazida bo'ladi.

Haftaning 5 muhim voqeasi
#tahlil, #iqtisod

17/10/24

Ushbu hafta siyosiy jarayonlar va daromad hisobotlariga boy o’tishi kutilmoqda. AQSh saylovoldi voqealari qizg’in tarzda tus olayotgani va uning bozorga ta’siri ham yetarlicha bo’lgani uchun bozor ishtirokchilari barcha siyosiy jarayonlarga e’tiborli bo’lishlari zarur.

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta voqea
#tahlil, #iqtisod

17/10/24

Bu hafta markaziy banklarning hisobotlariga boy bo'ladi. Fed hisoboti, Xitoyning PMI hisoboti, Yevrozona inflatsiya ma'lumotlari e'tibor markazida bo'ladi. Shu bilan birga, AQSh bandlik hisoboti va megacap ikkisi Amazon va Apple o'z daromad hisobotini e'lon qiladi. 

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta narsa
#tahlil, #iqtisod

29/04/24

Nividia va AI sohasidagi keskin o'sish investorlar va tahlilchilarni bozor bumimi yoki yo'q deb taxmin qilishga va chip ishlab chiqaruvchi va boshqa texnologik gigantlar uchun yuqori baholarning barqarorligiga shubha qilishga undamoqda.

Nvidianing kuchli o’sishi 1999-yilgi bozor ssenariysini takrorlayaptimi?
#tahlil, #iqtisod

15/03/24

Tesla AQSh fond birjalaridagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni yo‘qotdi.

Tesla endi AQShning eng qimmat 10 taligiga kirmaydi
#tahlil, #fond bozorlari

07/03/24

bottom of page