top of page
Hafta davomida bozorlarda kuzatish zarur bo’lgan 5 narsa

Hafta davomida bozorlarda kuzatish zarur bo’lgan 5 narsa

#iqtisod

3 min

26/02/24, 11:22

1/3 Bitcoin
Ulashish:
  1. AQSh inflyatsiya prognozi ma’lumotlari


Payshanba kuni yanvar oyi uchun inflyatsiya prognozi shaxsiy iste'mol xarajatlari (PCE) hisoboti e'lon qilinishini bu hafta uchun muhim voqealikdir.


Iqtisodchilar o'tgan oyda 0,2 % o’sishdan keyin yanvar oyi uchun 0,3 % o'sishni kutmoqdalar. Kutilgandan ko'rako’proq o’sish Fedni stavkalarni pasaytirishni yanada kechiktirishga undashi mumkin.


  1. Chakana daromad


Daromad mavsumi yakunlanmoqda, lekin bir qator yirik chakana sotuvchi kompaniyalar shu haftada daromadlari haqida hisobot berishlari kerak. Bu esa investorlarga iste'mol xarajatlari to’grisidagi muhim ma’lumotlarni beradi.


"Agar biz o'sishning sekinlashishiga, inflyatsiyaning sekinlashishiga erishmoqchi bo’lsak, Fed foiz stavkalarini pasaytirishni boshlashi mumkin bo'lgan muhitni yaratmoqchi bo’lsak, bu uchun o'rtacha aksiyalarga yordam berishimiz kerak", dedi Jek Ablin, Cresset Capital bosh investitsiya direktori Reuters agentligiga.


  1. Yevrozona inflyatsiyasi hisoboti


Yevrozona inflyatsiya ma'lumotlarini juma kuni e'lon qilinadi, bu Yevropa Markaziy bankining 7-mart kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishi oldingi oxirgi hisobotidir.

Iste'mol narxlari inflyatsiyasi yanvar oyida 2,9 foizdan 2,8 foizga tushdi. Bu ECBning 2 % lik maqsadiga yaqinlashayotgani belgisidir.


Iqtisodchilar fevral oyi uchun 2.5 % ni tashkil etishini kutishmoqda.


  1. Xitoy PMI ko'rsatkichlari


Xitoy hukumati zaif iqtisodiyotni tiklash bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirmoqda. Ipoteka stavkasi pasaytirildi va zaif fond bozorini jonlantirish uchun turli chora-tadbirlar ko’rilmoqda.


Juma kuni PMI (xarid bo’yicha menejerlar indeksi) ma'lumotlari ushbu choralar qanchalik muvaffaqiyatli bo'lganligi haqida ma'lumot beradi.


  1. Neft narxlari


Nerf narxi Fedni foiz stavkasiga doir xabari, Yaqin Sharqdagi keskinliklar, Qizil dengizdagi hujumlar natijasida turli ko’rsatgichlarni qayd etmoqda.


Hafta davomida Brent taxminan 2 foizga, WTI fyucherslari esa 3 foizdan ko‘proqqa tushdi. Biroq yoqilg'iga bo'lgan talab va taklif yaqin kunlarda narxlarni jonlantirishi mumkin.

Maqolani ulashing:

© Reuters.

O'xshash yangiliklar

AQSh Federal Zaxirasi bugungi FOMC yig'ilishida foiz stavkasini 4,75 foizdan 4,5 foizga pasaytirdi. 

Fed foiz stavkasini 0,25% ga pasaytirdi!
#iqtisod

19/12/24

Xitoy 2025 yilda yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida rekord darajadagi byudjet taqchilligini rejalashtirmoqda!

Xitoy 2025-yilda YaIM hajmi 4% gacha o'stirishni rejalashtirmoqda
#iqtisod

17/12/24

Pauell kechagi nutqida AQSh iqtisodiyoti, inflatsiya, pul-kredit siyosati va mehnat bozoriga doir masalalarga alohida to'xtalib o'tdi. 

Fed raisi Jerom Pauellning kechagi nutqidagi asosiy fikrlar
#iqtisod

17/10/24

Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.

Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod

22/04/24

Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni  bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi

Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod

18/04/24

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 11-17-mart kunlari “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 400,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi.

UZEX haftalik dayjesti
#iqtisod

18/03/24

bottom of page