BYD aksiyalari ko'tarildi

BYD aksiyalari ko'tarildi
#iqtisod
1 min
26/02/24, 09:45

Ulashish:
Xitoyning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD Company aksiyalari dushanba kuni uning raisi va bosh direktori Van Chuanfu firmaga rejalashtirilgan aksiyalarni qaytarib sotib olishni ikki baravar oshirishga doir taklif qilganidan keyin ko'tarildi.
BYD kompaniyasining Gonkongdagi aksiyalari 1,9 % ga, Shenzhenda ro'yxatga olingan aksiyalari esa 2 % ga o'sdi.
BYD bosh direktori taklifi bilan qaytarib sotib olinadigan A-aksiyalari miqdori 400 million yuanga (56 million dollar) oshirishni taklif qildi. Bu harakat asosan BYD aksiyalaridagi so'nggi pasayishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirdir.
Eslatib o’tamiz, BYD yaqinda Teslani dunyodagi eng ko'p sotilgan elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida sifatida ortda qoldirdi. Shu bilan birga, BYD aksiyalari 2023-yilda 22 % dan ko'proq yo'qotgan edi. Iqtisodiy sharoitning yomonlashuvi, yuqori inflyatsiya va bir qator rivojlangan iqtisodiyotlarda foiz stavkalari avtomobil sotuviga ham ta'sir qilmay qolmadi.
Shunga qaramay, BYD fevral oyida bir qator yangi modellarni taqdim etdi va sotuvga chiqardi. Uning so'nggi taklifi Yangwang U9 superkaridir.
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24