27-fevral kungi “Toshkent” Respublika fond birjasida J.P. Morgan Bank vakillari bilan uchrashuv

27-fevral kungi “Toshkent” Respublika fond birjasida J.P. Morgan Bank vakillari bilan uchrashuv
#iqtisod
3 min
28/02/24, 12:40

Ulashish:
27-fevral kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida (RFB “Toshkent”) Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va J.P. Morgan Bank vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida Bank va Oʻzbekiston moliya institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Aygerim Shoraeva (J.P. Morganning Londondagi vakolatxonasining global rivojlanayotgan bozorlar boʻyicha ijrochi direktori) xorijiy investorlarning O‘zbekiston kapital bozoriga qiziqishini alohida ta’kidladi. Uchrashuv davomida xorijiy investorlar uchun mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirish imkoniyatlari va yo’llari muhokama qilindi.
Georgiy Paresishvili xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston bozoriga yo‘l ochish tartibiga alohida to‘xtalib, bu jarayonni jadallashtirishga va uni amalga oshirishning turli yo‘llarini belgilab berdi. Shuningdek, u mahalliy bozorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (ILMA) kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” mavzusini ham izohlab o’tdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston tomonidan “Clearstream” xalqaro qimmatli qog‘ozlar depozitarini mahalliy bozorga jalb etish bo‘yicha olib borayotgan ishlar ham qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. J.P. Morgan Banki “Toshkent” RFBni 2024-yil 25-aprelda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “JP Morgan Markets Conference” xalqaro konferensiyasiga taklif qilindi. Ta’kidlash joizki, ushbu konferensiya bank, xalqaro moliya institutlari vakillari va xorijiy investorlar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manbaa: “Toshkent” Respublika fond birja (RFB “Toshkent”)
Photo: RFB "Toshkent"
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24