“UzEx” da o’tgan hafta hisoboti

“UzEx” da o’tgan hafta hisoboti
#iqtisod
2 min
27/02/24, 10:30

Ulashish:
19-25-fevral kunlari “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning barcha savdo platformalarida 2 875,8 mlrd so‘mlik qiymatga ega tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga solishtirganda 26,2 % ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 63,1 % birja savdolari, qolgan 36,9 % qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan bitimlardagi umumiy mablag’ hajmi 557,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 200,2 mlrd so‘m mablag’ tejalgani qayd etilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 850 ta avtoraqamlar sotilgan bo’lib, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 20,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 815,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, shu jumladan:
Sement
Hafta davomida birja savdolari orqali 110 150,0 tonna sement sotilgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 22 030,0 ming tonnani tashkil qilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun
5,4 ming so‘mdan 506,7 ming so‘mgacha pasayishi kuzatilgan va o‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 ta xaridor ishtirok etgan.
Suyultirilgan gaz
Shuningdek, o‘tgan haftada birja savdolarida 8 286,0 tonna suyultirilgan gaz sotuvga qo‘yilgan va uning 6 526,0 tonnasi, yaʼni 78,8% sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 178 ta xaridor ishtirok etgani qayd etilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 658,0 ming so‘mdan 5 222,8 ming so‘mgacha pasaygan.
Shrot
Birja savdolariga 16 786,0 tonna Shrot qo‘yilgan bo’lib, uning 5 583,0 tonnasi, yaʼni 33,3% qismi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 031,3 ming so‘mdan 3 861,2 ming so‘mgacha pasaydi va Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 117,0 tonnani tashkil qildi.
Manbaa: "O'zRTXB" AJ PR bo'limi
uzex.uz
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24