“Toshkent” Respublika fond birjasi Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Toshkent” Respublika fond birjasi Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#iqtisod
1 min
11/03/24, 11:50

Ulashish:
2024-yilning 5-mart kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida (RFB “Toshkent”) Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
OTBning 2025-2027 yillarga moʻljallangan yangi loyihalari va ularning Oʻzbekiston moliya bozori rivojlanishiga taʼsiri muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-291-sonli qaroriga muvofiq 2023-2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bilan batafsil tanishtiruv OTB vakillariga mahalliy kapital bozorining strategik yo‘nalishlari va vazifalarini yaxshiroq tushunish imkonini berdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
OTBning moliya sektori direktori Mohd Sani Ismoil O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq ayrim masalalar OTBning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturida hisobga olinishi va mamlakat moliya bozorini rivojlantirish uchun rag‘bat bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Photo: RFB "Toshkent"
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24