«JP Morgan Chase» banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

«JP Morgan Chase» banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
#iqtisod
2 min
22/02/24, 14:23

Ulashish:
Agentlikda «JP Morgan Chase» banki ijrochi direktori Klemens Gerdenich va “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda «JP Morgan Chase» banki bilan O‘zbekistonning vakolatli organlari va moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Agentlik vakillari mahalliy fond bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdi va kapital bozor sohasida “Tartibga solish qumdoni” loyihasi yaratilganligi haqida ma’lumot berildi.
Klemens Gerdenich dunyoning yetakchi investitsiya institutlarini, shuningdek, «Euroclear» va «Clearstream» kabi yetakchi global ishtirokchilarni O‘zbekistonga jalb etishga qaratilgan ushbu tashabbusni yuqori baholadi.
«JP Morgan Chase» banki vakili Kompaniya rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni diversifikatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston fond bozorining jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
Ushbu haftada AQSh PCE va PMI hisobotlari e'lon qilinadi. Shuningdek o'tgan haftadagi Yaqin Sharq keskinliklari tufayli neft narxini kuzatib borish zarur. Hafta so'nggida BOJ stavkalar masalasini qayta ko'rib chiqadi. Shuningdek, hafta davomida gigant kompaniyalar o'z daromad hisobotlani ma'lum qiladilar. Bu hodisalar bozor holatiga keskin o'zgarishlarni yuzaga keltishi mumkin.
Ushbu haftada kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#iqtisod
22/04/24
Klivlend Federal zaxira banki prezidenti va bosh direktori Mester chorshanba kuni bergan intrvyusida inflyatsiya barqaror ravishda o'zining 2 foizlik maqsadiga erishishgandagina u narxlar bosimining bu yil yanada yumshashi, vaziyat Fedga qarz olish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishini kutayotganini aytdi
Loretta Mester FED AQSH stavkalarini ''bir nuqtada'' pasaytirishini lekin bunga shoshilmaslik kerakligini takidladi
#iqtisod
18/04/24