top of page
Youtube
Telegram

Search this site

428 results found with an empty search

  • Michael Burry portfelida qanday aksiyalar mavjud?

    Michael Burry portfelida qanday aksiyalar mavjud? Michael Burry portfelida qanday aksiyalar mavjud? 4-min 22/04/24, 09:45 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Michael Burry amerikalik investor va hedj fondi menejeri. U Scion Capital hedj fondiga asos solgan. Michael Burry 2007 yildan 2010 yilgacha bo'lgan ipoteka inqirozini bashorat qilgan va undan foyda ko'rgan birinchi sarmoyadorlardan biri bo'lganligi bilan mashhur. Uning aksiyalar portfelida quyidagi aksiyalar mavjud: 1.BABA - Alibaba Group Holdings - 75 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 6.15% tashkil qiladi 2. JD - JD com Inc - 200 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 6.11% tashkil qiladi. 3. HCA - HCA Healthcare Inc - 20 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 5.72% tashkil qiladi. 4. ORCL - Oracle Corp - 50 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 5.57% tashkil qiladi. 5. C - Citigroup Inc - 100 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 5.44% tashkil qiladi. 6. CVS - CVS Health Corp - 65 000 ta aksiyasi, umumiy portfelning 5.43% tashkil qiladi. 7. NXST - Nexstar Media Group - 32 500 ta aksiyasi, umumiy portfelning 5.39% tashlil qiladi. 8. GOOGL - Alphabet Inc - 35 000 ta aksiyasi, umumiy portfelining 5.17% tashkil qiladi. 9. SBLK - Star Bulk Carriers Corp - 220 208 ta aksiyasi, umumiy portfelining 4.95% tashkil qiladi. 10. AMZN - Amazon com Inc - 30 000 ta askiyasi, umumiy portfelning 4.82% tashkil qiladi. 11. MGM - MGM Resorts International - 100 000 ta askiyasi, umumiy portfelining 4.72% tashkil qiladi. 12. BKNG - Booking Holdings Inc 1 250 ta aksiyasi, umumiy porfelining 4.69% tashkil qiladi. 13. AAP - Advance Auto Parts - 70 000 ta aksiyasi, umumiy portfelining 4.52% tashkil qiladi. 14. WBD - Warner Bros. Discovery Inc - 375 000 ta aksiyasi, umumiy portfelining 4.51% tashkil qiladi. 15. VTLE - Vital Energy Inc - 87 500 ta aksiyasi, umumiy portfelining 4.21% tashkil qiladi. Michael Burry pullarini diverfkatsiya qilish asosida yana boshqa ko'plab aksiyalarga ham egalik qiladi. Uning umumiy aksiyalar portfeli bahosi $94,592,000 tashkil qiladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter foxbusiness.com Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Nima uchun Wall Street hedge fundlari professional shaxmat o'yinchilarini ishga yollaydi?

    Nima uchun Wall Street hedge fundlari professional shaxmat o'yinchilarini ishga yollaydi? Nima uchun Wall Street hedge fundlari professional shaxmat o'yinchilarini ishga yollaydi? #Wall_Street 4 daqiqa 09/06/25, 15:49 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Wall Street'ning eng yirik hedge fundlari professional shaxmat o'yinchilarini ishga yollash amaliyoti tobora mashhur bo'lib bormoqda. Bu hodisa tasodifiy emas – u shaxmat o'yinining fond bozorida investitsiya strategiyalari bilan chuqur bog'liqligidan kelib chiqadi. G randmeyster Magnus Carlsen'ning fikricha, shaxmat o'yini fond bozorida muvaffaqiyat qozonishda zarur bo'lgan analitik va strategik fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish qobiliyatini beradi. Wall Street'dagi eng mashhur hedge fundlardan Grandmaster Capital'ning asoschisi Patrick Wolff 2014-yilda The Hedge Fund Journal tomonidan "Tomorrow's Titans" ro'yxatiga kiritilgan. Professional shaxmat grandmeyster Patrick Wolff o'z muvaffaqiyatli shaxmat kariyerasini tugatgach, fond bozoriga o'tdi. U avval San-Fransisko hedge fundi Clarium'da boshqaruvchi direktor lavozimida ishladi, keyin esa Grandmaster Capital Management hedge fundini asos soldi. Shaxmat va fond bozorida faoliyatini birlashtirgan shaxmatchilardan biri George Soros ham bor. George Soros 1969-yilda o'zining birinchi fondini boshlagan va hedge fundlarning norasmiy asoschisi bo'lgan. 1973-yilda o'zining birinchi hedge fundi Soros Fund Management'ni ochgan Soros keyinchalik 1979-yilda xayriya Open Society Foundations tashkilotini ishga tushirgan. U hozir ham Soros Fund Management LLC ning raisligicha qolmoqda. Shaxmat o'yinining moliyaviy bozorlarga ta'siri bir necha omillarga bog'liq. Birinchidan, shaxmat o'yinchilari analitik fikrlash orqali murakkab vaziyatlarni tahlil qilish, bir necha harakat oldiga o'ylash va eng yaxshi yechimni topishda mohir bo'ladilar. Shuningdek, har bir harakatning oqibatlarini o'lchash va mumkin bo'lgan yo'qotishlarni hisobga olish shaxmat o'yinining asosiy qismidir. Shaxmat o'yini psixologik bosim ostida qaror qabul qilish, raqib strategiyasini o'qish va o'z rejasini moslashtirishda tajriba beradi. Shaxmatda g'alaba qozonish ko'pincha uzoq muddatli strategiyani talab qiladi, bu hedge fundlar faoliyatida ham muhimdir. Bu hodisa shaxmat va moliya o'rtasidagi bog'lanishning kuchayib borayotganini ko'rsatadi. Yana bir shaxmatchi George Michelakis, dunyoda 20 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi 3 shaxmatchi bo'lgan, hozirda $2 milliard hajmidagi long-short equity hedge fundini boshqaradi. Wall Street'dagi hedge fundlarning professional shaxmat o'yinchilarini ishga yollash amaliyoti tasodifiy emas. Bu tendensiya davom etar ekan, shaxmat o'yinining nafaqat sport turi, balki professional rivojlanish va moliyaviy muvaffaqiyat yo'li sifatida ahamiyati yanada ortib borishi kutilmoqda. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://lighthouse.mq.edu.au/ Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • UZCARD 2025-yil 1-chorak daromad hisobotlarini e'lon qildi

    UZCARD 2025-yil 1-chorak daromad hisobotlarini e'lon qildi UZCARD 2025-yil 1-chorak daromad hisobotlarini e'lon qildi #daromad_hisobotlari 3 daqiqa 29/04/25, 15:17 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: UZCARD 2025-yil 1-chorak daromad hisobotlarini e'lon qildi "Yagona umumrespublika protsessing markazi" — UZCARD kompaniyasi 2025-yil dastlabki uch oyida 307,58 mlrd so‘m sof foyda olgan. Bu HUMO'ning butun 2024-yilda olgan 168,3 mlrd sof foydasidan ko'proq hisoblanadi. UZCARD kompaniyasi o'tgan 2024-yilda open info saytida keltirilgan moliyaviy hisobotlariga ko'ra, 955 mlrd so'm daromad olgan. Kompaniya aksiyalari fond birjalarida listingdan tashqarida savdo qilinadi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://anhor.uz/ Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar

    CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 5 daqiqa 04/04/26, 08:13 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Brokerlar CFD shartnomalarni “moliya bozorlariga kirish imkoniyati” deb reklama qilishadi. Lekin bir statistikaga eʼtibor berishmaydi. 🇪🇺 Yevropa moliya regulyatori ma’lumotlariga ko‘ra — CFD treyderlarning 74–89 foizi o‘z kapitalini yo‘qotishadi. Ba’zi brokerlarda ko‘rsatkich 90 foizdan oshadi. Qonunchilikka koʻra, brokerlar bu raqamlarni rasman e’lon qilishga majbur. Lekin uni hech qachon reklama materialida ko‘rmaysiz. Ushbu maqolada: — CFD shartnomalar qanday tuzilgan; — Uorren Buffett bu instrumentlarga “aktiv” sifatida qaraydimi; — Islom moliyasi CFD larni qanday baholaydi — javob olasiz. CFD shartnomalar aslida nima? CFD — Contract for Difference, yaʼni narx farqi shartnomasi. Siz Apple aksiyasini yoki EUR/USD valyutasini sotib olmaysiz. Faqat narx harakatidan farq uchun pul toʻlaysiz. CFD larni “aktiv” deb ham hisoblab boʻlmaydi. Sababi sizda hech qanday egalik mulk huquqi mavjud emas. Asl aktiv hech qachon qoʻlingizga oʻtmaydi. Misol uchun, Nvdia aksiyasi sotib olsangiz — aksiyador boʻlasiz, boshqaruvda ovoz berish huquqingiz bor, dividend olasiz. CFD da — hech narsa yo'q. Faqat ekrandagi raqam. Zamonaviy brokerlik kompaniyalarini bozorlardagi koʻcha sarrofiga tenglashtirib boʻlmaydi. Koʻcha sarrofi sizga haqiqiy dollar beradi, savdo qoʻlma-qoʻl boʻladi, kechiktirishlarsiz valyuta almashtirib beradi— CFD broker esa faqat raqam beradi. Uorren Buffet derivativlar haqida nima deydi? Uorren Buffett investitsiya qoidasi oddiy: “Aktiv oʻz-oʻzidan pul ishlab chiqarishi kerak” Aksiya — kompaniya foyda qiladi, dividend beradi. Uy — ijara keladi. Zavod — mahsulot chiqaradi. CFD nima ishlab chiqaradi? Hech narsa. U faqat boshqa birovning yoʻqotishiga bogʻliq. Bozorda kimdir yutsa — boshqasi yutqazadi. Bu Buffett aytgan “Greater Fool Theory” — men sotib olaman, undan kattaroq ahmoq topilsin degan umid. Shuning uchun, Uorren Buffet derivativlarni yoqtirmaydi. Islom moliyasi CFD shartnomalar haqida nima deydi? Islom fiqhida valyuta savdosi alohida tartibga solinadi, bu uchun aniq shart bor — taqabud: ikki tomon ham oʻsha yerda mulkni qoʻldan qoʻlga oʻtkazishi kerak. Yaʼni mulkga egalik huquqi tomonlarga oʻtishi shart. Zamonaviy talqinda — valyuta haqiqatan hisobga tushishi nazarda tutiladi. Misol, uchun bank ilovalari orqali soʻmni dollarga konvertatsiya qilishda sizning hisobingizga real valyuta — oʻtadi. Bu holatni bozorda sarrof orqali valyutani almashtirishga tenglashtirilgan. CFD da bu shart bajarilmaydi. Siz EUR uchun USD sotib olmaysiz — faqat narxiga bahs qoʻyasiz. Sizning yutqazishingiz birovning boyishiga xizmat qiladi. Bu esa islomda “maysir” deb atalib qattiq qoralanadi. Bundan tashqari, CFD da odatda swap — foiz stavkasiga asoslangan bitimingiz har kechasi yopilmagani uchun toʻlov — mavjud. Bu ribo, yaʼni foiz — islomda qatʼiyan taqiqlangan. Brokerlar endilikda, “Islamic account” deb ham odam jalb qilishga oʻtishmoqda. Swap olib tashlansa ham, admin fee yoki kengaytirilgan spread orqali xuddi shu xarajat boshqa nom bilan olinadi. Nom oʻzgartirishdi — lekin mazmun oʻzgarmadi. OIC Fiqh Academy xulosasi: spot valyuta savdosi halol, lekin kechiktirilgan hisob-kitob va foizli mexanizmlar mumkin emas. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Photo: Google Previous Next O'xshash yangiliklar 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More Bu muvaffaqiyatning sababi - sun'iy intellekt texnologiyalariga katta investitsiyalar. Lekin bu AI qanday ma'lumotlar bilan qurilayotgani haqida kam gap chiqadi. Korporativ himoya individual faoliyatdan ming marta kuchli #Meta 16/08/25 Read More

  • Asosiy stavka nima?

    Asosiy stavka nima? Asosiy stavka nima? #termin 3 min 26/02/24, 11:14 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Asosiy stavka - Markaziy bank va tijorat banklari o’rtasida yuqori kredit reytingiga ega bo'lgan bank mijozlarga kreditlar va boshqa moliyaviy mahsulotlar belgilashda minimal foiz stavkasi hisoblanadi. Asosiy stavka Markaziy bankning yilllik inflatsiya darajasini belgilashdagi pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ushbu stavkani o’zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi. Asosiy stavkaga o’zgartirish orqali Markaziy banklar milliy valyuta inflatsiyasini na’zorat qilishda ‘’richag’’ vazifasini o’taydi, shuningdek, u banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga ta’siri orqali bank xizmatlari (deposit va kreditlar) bo’yicha foiz stavkalarning belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ‘’Markaziy bank to’grisida’’ qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida qonun 20-moddasiga ko’ra; Asosiy stavkani belgilash, o’zgartirish Markaziy bank vakolatiga kiradi. Markaziy bankning 2023-yil 16-martdagi qaroriga asosan, asosiy stavka 1% pasaytirilib, hozirda asosiy stavka 14% ni tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yildan hozirgi kungacha bo'lgan asosiy stavkasi dinamikasini Markaziy bankning veb-saytida ko'rish mumkin. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter # navi.com Previous Next O'xshash yangiliklar O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) domain.uzex.uz platformasini ishga tushirib, ".UZ" domenlarini onlayn auksion orqali sotishni tashkil qildi. Buning qanday afzaligi bor? Domenlarni sotish va sotib olishning qanday afzalliklari bor? #termin 17/12/24 Read More Yangiliklarni o’qish jarayonida ikki atamaga, taqvim yili va moliyaviy yil tushunchalariga ko’p duch kelinadi. Bu ikki atamani bir-biridan farqini bilish zarur. Moliya yili va kalendar yilining bir-biridan farqi nimada? #termin 08/05/24 Read More Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati. Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati. Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada? #termin 29/04/24 Read More NASDAQ - dunyodagi eng yirik elektron fond birjalaridan biri hisoblanadi. Market kapitlalashuvi esa $19 trillionni tashkil qiladi. Nasdaq fond birjasi nima? #fond bozorlari, #termin 31/03/24 Read More Aksiya narxi har doim ham kompaniya sifatini ko’rsatmaydi. Ammo qiymati baland bo’lgan aksiyalar haqida bilib olish har bir investor uchun foydali bo’ladi. Dunyoning eng qimmat 10 ta aksiyalari #termin 26/03/24 Read More Mamlakatning markaziy banki iqtisodiyotni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan foiz stavkalarini moslashtiradi. Iqtisodiyotda yumshoq qo'nish va qattiq qo'nish nima? #termin 23/03/24 Read More

  • Paynet kompaniyasi ustav kapitalini 42,5 million dollargacha oshirmoqda

    Paynet kompaniyasi ustav kapitalini 42,5 million dollargacha oshirmoqda Paynet kompaniyasi ustav kapitalini 42,5 million dollargacha oshirmoqda #kompaniyalar 3 daqiqa 26/02/25, 18:37 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Paynet AJ ustav kapitalini 558,12 mlrd so'm (42,5 million dollar) oshirmoqda. Kompaniya Humo to‘lov tizimini 65 million dollarga sotib olganidan so'ng, 24-fevralda aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Umumiy yig'ilishda aksiyadorlar kompaniya ustav kapitalini 550 milliard so‘mga oshirish bo'yicha qaror qabul qildi. Ushbu jarayonda 1,09 trillion dona oddiy aksiyalar chiqarilib, ularning har biri 500 so‘m nominal qiymatga ega bo‘ldi. Sababi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 23-moddasida ko'ra aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Avvalroq, elektron to‘lov operatorlaridan biri Paynet qonunchilik talabi bo'yicha huquqiy maqomini Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) dan Aksiyadorlik Jamiyatiga (AJ) o'zgartirgan edi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Фото: Paynet Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Fond bozorida likvidlik nimani anglatadi?

    Fond bozorida likvidlik nimani anglatadi? Fond bozorida likvidlik nimani anglatadi? #termin 3 daqiqa 23/02/25, 19:47 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Likvidlik tushunchasi qimmatli qog'ozlarni tez va narx o'zgarishlarisiz naqd pulga aylantirilishi mumkinligini anglatadi. Soddaroq qilib aytganda, aktiv qanchalik likvidlik darajasi yuqori bo'lsa, uni shunchalik tez va kam yo'qotishlarsiz sotish mumkin. Fond bozorida likvidlik quyidagi ko'rsatkichlar orqali baholanadi: Spred hajmi - sotib olish va sotish narxlari o'rtasidagi farq. Kichik spred yuqori likvidlikni anglatadi. Savdo hajmi - qimmatli qog'oz bilan amalga oshirilgan operatsiyalar soni va hajmi. Yuqori savdo hajmi yuqori likvidlikni ko'rsatadi. Savdo tezligi - buyurtmalarning qanchalik tez bajarilishi. Fond bozorida likvidlik juda muhim ahamiyatga ega. Sababi, u aktivning narx barqarorligini, bozor samaradorligini, risk boshqaruvini va kapitalni jalb qilishni saqlab turadi. Aksincha, past likvidlik bilan bog'liq muammolar aktiv narxida keskin tebranishlar, brokerlarning yuqori spredlarini natijasida savdoda qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Yomoni, past likvidlik fond bozorlarni manipulyatsiya qilish oson bo'ladi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://smart-lab.ru/ Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Toshkent fond birjasida eng ko'p dividend beradigan ba'zi aksiyalar ro'yxati

    Toshkent fond birjasida eng ko'p dividend beradigan ba'zi aksiyalar ro'yxati Toshkent fond birjasida eng ko'p dividend beradigan ba'zi aksiyalar ro'yxati #tahlil 3-min 22/04/24, 12:24 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Toshkent fond birjasida eng ko'p dividend beradigan ba'zi aksiyalar; Qizilqumsement (#QZSM) Kompaniya o'z aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 989 so'm diivdend beradi. Dividend daromadi yilik 14.98% tashkil qiladi. Hozirda "Qizilqum sement" AJ oddiy aksiyalari 2 420 so'mni tashkil qiladi. Uzmetalkombinat (#UZMK) Kompaniya o'z aksiyadorlariga xar bir imtiyozli aksiya uchun 325 so'm tolov qiladi. Dividend daromadi 13.73% ni tashkil etdi. Hozirda O'zmetalkombinat imtiyozli aksiyalari 2 300 so'm savdo qilinyapti. Aloqabank (#ALKBP) Kompaniya o'z aksiyadorlariga xar bir imtiyozli aksiya uchun so'm tolov qiladi. Dividend daromadi 9.88% ni tashkil etdi. Hozirda ''Aloqabank'' imtiyozli aksiyalari 737 so'm savdo qilinmoqda. Farg'ona dori-darmon (#A016990) Kompaniya o'z aksiyadorlariga xar bir oddiy aksiya uchun 272 so'm tolov qiladi. Dividend daromadi yillik 9.07% ni tashkil etdi. Hozirda kompaniya oddiy aksiyalari 4 704 so'm savdo qilinyapti UzAuto Motors (#UZMT) Kompaniya o'z aksiyadorlariga xar bir aksiya uchun 3 538 so'mdan tolov qilgan.Dividendlik daromad 5% ni tashkil etdi. #tahlil Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter Photo: RFB "Toshkent" Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Angliya banki 2025-yilda stavkalarni pasaytirishda davom etadimi?

    Angliya banki 2025-yilda stavkalarni pasaytirishda davom etadimi? Angliya banki 2025-yilda stavkalarni pasaytirishda davom etadimi? #foiz_stavka 4 daqiqa 06/02/25, 18:57 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Bugun Angliya banki (Bank of England) foiz stavkasini kutilganidek 4,75 foizdan 4,5 foizga tushirdi. Bu Markaziy bankning oxirgi olti oy ichida uchinchi marta stavkani pasaytirishi hisoblanadi. O'tgan yil avgust oyida stavkalar 5,25% ni tashkil qilgan edi - 16 yildagi eng yuqori darajasida edi. Biroq, Buyuk Britaniyada inflyatsiya (CPI) hozirda 2,5% ni tashkil etadi, bu 2 foizlik ko'zlangan inflatsiya ko'rsatkichidan yuqori. Investorlar Angliya Banki (BoE) bu yil yana uchta marotaba har chorakda bittadan 0,25 foizlik stavka tushirishni kutishmoqda. 2025-yil dekabr oyi oxiriga kelib, foiz stavkasi 3,75 foizda o'zgarishsiz saqlanadi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter morningstar.co.uk Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar

    Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar #tovarlar 2 min 26/02/24, 14:05 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Dushanba kuni oltin narxlari Osiyo savdolarida pasayib ketdi va so'nggi savdo oralig'ida qayta tiklandi. Bir qator Federal zaxira rasmiylari bank foiz stavkalarini pasaytirishga shoshilmayotgani haqida ogohlantirdi. AQShning qattiq inflyatsiyasi va mehnat bozoridagi barqarorlik belgilari bu tushunchani yanada kuchaytirdi. Investorlar endi may va iyun oylarida stavkalarni pasayishiga barqaror ishonch bildirmoqdalar. Shunga qaramay, oltindagi riskning kamligi sariq metaldagi yo'qotishlarni cheklab turishga yordam bermoqda. Yaponiya va Buyuk Britaniyadagi retsessiya belgilari va Yaqin Sharqdagi davom etayotgan geosiyosiy kelishmovchiliklar oltinga bo’lgan talabni yanada kuchaytiradi. Spot oltinning narxi 0,2% ga pasayib, bir unsiya uchun 2 032,32 dollarni tashkil qildi. Mart oyida muddati tugaydigan oltin fyucherslari esa 0,4 % ga pasayib, bir unsiya uchun 2 041,85 dollarni tashkil qildi. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://www.google.com/search Previous Next O'xshash yangiliklar AQSh xom ashyo zaxiralarining keskin o'sishi dunyodagi eng yirik iqtisodiyotdagi talabga nisbatan xavotirlarni kuchaytirdi. AQSh zahiralari ko'payishi tufayli zarar ko'rgan neft #tovarlar 29/02/24 Read More Chorshanba kuni neft narxi pasayib ketdi. Neft 1% ga tushdi #tovarlar 28/02/24 Read More Seshanba kuni neft narxlari asosan barqaror bo’ldi. Neft narxi barqaror #tovarlar 27/02/24 Read More Dushanba kuni neft narxlari pasayib ketdi. O'tgan haftada Brent narxi 2 foizga, WTI esa 3 foizdan ko'proqqa tushib ketgandi. Neft foiz stavkalari tufayli yo'qotishlarni davom ettirmoqda #tovarlar 26/02/24 Read More Brent nefti fyucherslari bir barreli uchun 82,58 dollarni tashkil qilib, West Texas Intermediate neft fyucherslari esa 77,25 dollarni tashkil qilmoqda. Qizil dengizdagi hujumlar, AQSh foiz stavkasini pasaytirish prognozlari neft narxini pasaytirdi #tovarlar 21/02/24 Read More O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “yashil energetika seksiyasi”da ilk bor “yashil energiya” sertifikatlari sotila boshladi. Birjada yashil sertifikatlar sotila boshladi #tovarlar 21/02/24 Read More

  • Uzbekistan Airports kompaniyasi $100 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi

    Uzbekistan Airports kompaniyasi $100 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi Uzbekistan Airports kompaniyasi $100 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi #kompaniyalar 2 daqiqa 01/04/25, 18:54 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Uzbekistan Airports kompaniyasi yil oxirigacha xorijiy valyutada ilk obligatsiya chiqarish orqali biznesni moliyalashtirmoqchi. Olingan mablag‘lar aeroportlarni rekonstruksiya qilishga, jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida yangi yuk terminalini qurishga yo‘naltiriladi. Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlarnng bir turi, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi hujjat. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://fergana.media/ Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

  • Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy statistikasi

    Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy statistikasi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy statistikasi #kompaniyalar 3 daqiqa 25/05/25, 21:03 Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link Ulashish: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy statistikasi: Toshkent fond birjasi orqali 687 ta emitent o'z aksiyalarini savdoga chiqarishgan. Ushbu aksiyalarning nominal qiymati 242,6 trln so'mni tashkil qiladi. Shuningdek, Toshkent fond birjasida umumiy nominal qiymati 2,49 trln so'mlik 44 emitent o'z obligatsiyalarini chiqarishga ulgurgan. May oyi mobaynida 8 ta aksiyadorlik jamiyatlari o'zlarining aksiya emissiyalari markaziy depozitariy hisobiga qo'ydi. Ular qatorida "O'zbekiston Texnologik Metallar Kombinati" AJ [UzTMK] va "O'zbek geologiya qidiruv" AJ ham mavjud. Maqolani ulashing: Twitter Twitter Twitter Twitter https://uzcsd.uz/statisticalInformation Previous Next O'xshash yangiliklar CFD shartnomalar haqida aytilmaydigan haqiqatlar #CFD 04/04/26 Read More 2025-yilda byudjet taqchilligi (defitsit) YaMiga nisbatan 2,1 foizga yetdi #iqtisod, #defitsit 26/03/26 Read More OpenAI kompaniyasi Amazon, Nvidia va Softbank tomonidan $110 milliard dollar sarmoya jalb qildi #OpenAi 28/02/26 Read More VAP Group 2025-yil 10–11-dekabr kunlari Abu-Dabidagi Space42 Arena maydonida bo‘lib o‘tadigan Global Games Show 2025 uchun mashhur spikerlar tarkibini e’lon qildi. Global Games Show 2025: Geyming kelajagi vakillari Abu-Dabida yig'iladi ! #Global Games Show 28/11/25 Read More Sun’iy intellekt kelajagini shakllantirayotgan dunyoning eng yetakchi AI innovatorlari, tadqiqotchilari va texnologiya sohasidagi ilg‘or mutaxassislar bilan uchrashing. Global AI Show Abu Dhabi 2025 joriy yil 8–9-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi! #GlobalAIShow 28/11/25 Read More VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida #Global Blockchain Show 28/11/25 Read More

Qidiruv natijalari

bottom of page