top of page
UZEX haftalik dayjesti (26-fevral - 3-mart)

UZEX haftalik dayjesti (26-fevral - 3-mart)

#fond bozorlari

3 min

05/03/24, 12:04

1/3 Bitcoin
Ulashish:

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 26-fevral - 3-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 415,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 18,8% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 74,5% birja savdolariga, qolgan 25,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 743,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 92,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.


Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 293 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 19,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.


Birja savdolari


Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 543,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:


Shakar


Birja savdolariga 23 347,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 11 950,0 tonnasi yaʼni 51,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 560,0 ming so‘mdan 12 769,8 ming so‘mgacha pasaygan.


Ammiakli selitra


Birja savdolari orqali 22 352,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 4 470,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 74 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 920,9 ming so‘mdan 2 736,1 ming so‘mgacha pasaydi.


Polietilen


O‘tgan haftada birja savdolariga 3 156,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 631,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 881,8 ming so‘mdan 16 370,7 ming so‘mgacha pasaydi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 79 ta xaridor ishtirok etdi.


Manbaa: "O'zRTXB" AJ PR bo'limi

Maqolani ulashing:

uzex.uz

O'xshash yangiliklar

Ushbu uchrashuv doirasida tabiiy gaz ishlab chiqarish bo'yicha qator mukoma va kelishuvlar bo'lib o'tdi.

Londonda “O‘zbekneftgaz” AK delegatsiyasi va S&P Global Ratings tahlilchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#fond bozorlari

07/02/25

2024-yil 19-aprel kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi (ADX) bilan bir qator muhim tashabbuslar bo‘yicha hamkorlik qilish uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

“Toshkent” Respublika fond birjasi va Abu-Dabi fond birjasi o'rtasida anglashuv memorandumini imzoladi
#fond bozorlari

22/04/24

Weyll zamonamizning ilg’or tashabbuslariga sarmoya kiritish imkoniyatini ochib beradi.

Way II- O’zbekistondagi yirik fond birjasi bo’ladi(mi?)
#fond bozorlari

03/04/24

“Toshkent” Respublika fond birjasi 2024-yil 4-martdan boshlab “Andijonyog‘moy” AJning imtiyozli aksiyalari savdosi qayta tiklangani haqida xabar beradi.

“Andijonyog‘moy” AJning imtiyozli aksiyalari savdosi qayta tiklandi
#fond bozorlari

04/03/24

“Toshkent” birja savdolarida umumiy qiymati 483,55 million so‘mlik 2808 ta bitim tuzildi.

Bugungi savdo statistikasi
#fond bozorlari

01/03/24

Toshkent Fond birjasida bugungi kunda eng katta o’sish ko’rsatgan aksiyalar...

Toshkent fond birjasida kunlik yuqori o’sgan aksiyalar
#fond bozorlari

01/03/24

bottom of page