Yapon yenasi hukumatning aralashuviga qaramay rekord darajada qadrsizlanib, 30 yillik rekordini yangiladi
Yapon yenasi hukumatning aralashuviga qaramay rekord darajada qadrsizlanib, 30 yillik rekordini yangiladi
#valyuta, #tahlil
3-min
25/04/24, 11:24
Ulashish:
Yapon banki (Bank of Japan) ning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi yig‘ilishidan keyin yenaning holati tiklanishi umid qilingan edi.
Ushbu yig’ilishdan so’ng yapon yenasi 4,2 foizga zaiflashishi Yaponiya hukumati va investorlarini xavotirga solmoqda.
Yenaning zaiflashishiga so’ngi oylarda dollar qadrlanishi ham ta’sir qilgan bo’lishi ham mumkin. Federal zaxira raisi Jerom Pauellning kelgusi bir necha oy ichida asosiy stavkani tushurmasligi aytgani dollar mustahkamlanishiga olib keldi.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Yaponiya hukumati yena kursini oshirish uchun qat’iy choralar ko’rish shart. Hozrida USD/JPY juftligi 155.54 tashkil qilib, yena uchun bu so’ngi 34 yillik eng yuqori qadrsizlanish hisoblanadi. Yaponiya hukumatini qilayotgan ishlari tatalizator o'yinlari emas, ular albatta milliy valyutalarini qadrlanishi uchun bor choralarini ko’rishlariga umid qilamiz.