top of page
Xitoy iqtisodiy salomatligini tiklashi lozim, yoqsa…

Xitoy iqtisodiy salomatligini tiklashi lozim, yoqsa…

#tahlil

2-daqiqa

30/07/24, 08:12

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Hozirda dunyoning qaysidir burchagida iqtisodiy o’sish yaxshi ketayotgan bo’lsa, qayerdadir iqtisodiy tushish kuzatilmoqda. Lekin butun dunyoda iqtisodiy sekinlashuv tendensiyasini kuzatish mumkin. Albatta, bunga bitta omil sabab bo’la olmaydi. Siyosiy keskinliklar, yuqori foiz stavkalari, ekologik muammolar va saylov bunga sabab bo’lib turibti.


Umumjahon iqtisodiyoti esa bir-biriga chambarchas bog’liq. Bitta mamlakatdagi yomon holat qolganlarga ta’sir qilmay qolmaydi. Bugun tovar-xomashyo bozorlari yil boshidan buyon barcha o'sishlarni yo'qotdi. Bunday holatga esa Xitoy iqtisodidagi hozirgi keskin vaziyat sabab qilib ko’rsatildi. Umuman olganda, tovar bozorlarining zarar ko’rish ko’lami va bundagi Xitoyning o’rnini yaxshilab bilib olish zarur.


Xitoy dunyodagi eng yirik tovar iste'molchisi sifatida jahon tovarlari narxlarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uning o'tmishdagi barqaror iqtisodiy o'sishi tog'-kon sanoati, qishloq xo'jaligi va energetika kabi sohalarda talabning asosiy omili bo'lgan.


Oddiy misol, Tesla va Apple kabi yirik kompaniyalarning Xitoydagi sotuv hajmi pasaygani haqidagi yangiliklar doim ularning aksiyalarida keskin pasayishni yuzaga keltiradi. Ya’ni Xitoy iqtisodiyoti haqidagi salbiy prognozlar ham investorlarning kayfiyatiga ta'sir qilmay qolmaydi.


Ularning istiqbolga nisbatan ishonchlarini pasayishi tovarlar bilan bog'liq aktivlarda o'z egaliklarini kamaytirishlariga olib kelgan.


Yana bir salbiy xabar! Citi tahlilchilari Xitoyning 2024-yilda YaIM o‘sishi prognozini pasaytirgan birinchi yirik bank bo‘ldi. Xitoyda iqtisodiy salomatlik tiklanmasa, butun dunyoda kompaniyalari o’zlarining yirik daromadlaridan ayrilishi turgan gap!

Maqolani ulashing:

Photo:Bloomberg

O'xshash yangiliklar

AQShning 10 yillik g'aznachilik daromadi deyarli 4,7 foizga ko'tarildi , bu aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Bu o'sish AQSh qarzi va inflyatsiya bilan bog'liq xavotirlarni aks ettiradi.

Obligatsiyalar narxi ko'tarilmoqda! Bozorda holat qanday?
#tahlil

08/01/25

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari AQShning Apple, Tesla, Starbucks va HP kabi kompaniyalarini xitoylik bilan hamkorlik qilganliklari uchun maqtamoqda.

Xitoy nega AQSh kompaniyalarini maqtamoqda?
#tahlil

28/11/24

Bozorlar bu hafta ham muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarni kuzatadi. Shuningdek, daromad hisobotlari taqdim etilishi davom etadi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

O'tgan hafta ancha shov-shuvli tempda o'tdi. Bu haftada esa Fed prezidentlari nutqi va RBAning stavkalar qarori e'tibor bilan kuzatiladi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

Yaponiya banki 2008 - yildan buyon birinchi marta foiz stavkalarini oshirdi. Ammo BOJ stavkalarni 0 dan past holatda saqlab qolishini, bu orqali esa pul-kredit siyosatini qo’llab-quvvatlashini bildirdi. 

BOJ endi nimalarni rejalashtirmoqda?
#tahlil

17/10/24

Prezident Baydenning qayta saylovga nomzod bo'lmasligi haqidagi e'loni va uning COVID bilan og’ringani bozoriga qanchalik ta'sir qilishi o’z navbatida barcha birdek qiziq!

Jo Bayden nomzodini qaytarib olishi bozorga qanday ta’sir qildi?
#tahlil

17/10/24

bottom of page