top of page
Jo Bayden nomzodini qaytarib olishi bozorga qanday ta’sir qildi?

Jo Bayden nomzodini qaytarib olishi bozorga qanday ta’sir qildi?

#tahlil

1-daqiqa

22/07/24, 09:55

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Prezident Baydenning qayta saylovga nomzod bo'lmasligi haqidagi e'loni va uning COVID bilan og’ringani bozoriga qanchalik ta'sir qilishi o’z navbatida barcha birdek qiziq! Odatda bunday keskin yangiliklar bozorda bir tebranishga sabab bo’ladi. Investorlar siyosiy noaniqlikka javob berib, aksiyalar narxlarini o’zgartirib yuborish ehtimoli yuqori bo’ladi.


Agar ta’sirni indekslar tarkibidagi sektorlar bo’yicha ko’rib chiqsak, unda eski nomzodning qaysi sohaga ko’proq e’tibor qaratgani ahamiyat kasb etadi. Jo Bayden o’z nomzodini ilgari surgan paytlari sog’liqni saqlash va atrof-muhit muhofazasiga ko’proq etibor qaratgan edi. Shuning uchun bu sektorlar (sog'liqni saqlash, energetika va atrof-muhit sektori) yangi nomzodning "yashil" siyosatiga qarab o'zgarishi mumkin.


Xalqaro miqyosda esa savdo munosabatlari va xalqaro kelishuvlar bo'yicha noaniqlik xalqaro investorlarni ehtiyotkorlikka undashi mumkin. Ammo yangi nomzodning tashqi siyosatidagi pozitsiyasi noaniqlikni bartaraf etishi mumkin.


Imkon qadar bundan buyon sodir bo’ladigan AQShdagi siyosiy jarayonlarga va yangi nomzodning saylovoldi ishlariga e’tiborli bo’lish tavsiya etiladi.


Garchi ushbu yangilik qisqa muddatli o'zgarishga sabab bo’lsa-da, fond bozorlarining uzoq muddatli tendensiyalari ko'proq asosiy muvaffaqiyatni belgilab beradi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar va korporativ daromadlar kabi omillarni ham inobatga olish zarur. Investorlar yangi siyosiy manzarani sinchiklab kuzatib borishlari va o'z strategiyalarini moslashtirishlari kerak.

Maqolani ulashing:

Photo: Google

O'xshash yangiliklar

AQShning 10 yillik g'aznachilik daromadi deyarli 4,7 foizga ko'tarildi , bu aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Bu o'sish AQSh qarzi va inflyatsiya bilan bog'liq xavotirlarni aks ettiradi.

Obligatsiyalar narxi ko'tarilmoqda! Bozorda holat qanday?
#tahlil

08/01/25

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari AQShning Apple, Tesla, Starbucks va HP kabi kompaniyalarini xitoylik bilan hamkorlik qilganliklari uchun maqtamoqda.

Xitoy nega AQSh kompaniyalarini maqtamoqda?
#tahlil

28/11/24

Bozorlar bu hafta ham muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarni kuzatadi. Shuningdek, daromad hisobotlari taqdim etilishi davom etadi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

O'tgan hafta ancha shov-shuvli tempda o'tdi. Bu haftada esa Fed prezidentlari nutqi va RBAning stavkalar qarori e'tibor bilan kuzatiladi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

Yaponiya banki 2008 - yildan buyon birinchi marta foiz stavkalarini oshirdi. Ammo BOJ stavkalarni 0 dan past holatda saqlab qolishini, bu orqali esa pul-kredit siyosatini qo’llab-quvvatlashini bildirdi. 

BOJ endi nimalarni rejalashtirmoqda?
#tahlil

17/10/24

Yana bir salbiy xabar! Citi tahlilchilari Xitoyning 2024-yilda YaIM o‘sishi prognozini pasaytirgan birinchi yirik bank bo‘ldi.

Xitoy iqtisodiy salomatligini tiklashi lozim, yoqsa…
#tahlil

17/10/24

bottom of page