top of page
Tesla kelgusi yilda Roadster avtomobillarini yetkazib berishi Tesla aksiyalari qanday ta’sir qilishi mumkin.

Tesla kelgusi yilda Roadster avtomobillarini yetkazib berishi Tesla aksiyalari qanday ta’sir qilishi mumkin.

#tahlil

3 min

28/02/24, 13:03

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Tesla (NASDAQ: TSLA ) kelasi yili o'zining Roadster elektr sport avtomobilini yetkazib berishni maqsad qilgan, dedi chorshanba kuni elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi bosh direktori Ilon Mask.


Mask X-dagi postida "Biz yangi Tesla Roadster uchun dizayn maqsadlarini tubdan oshirdik", deb aytib o’tdi. Ushbu sport avtomobili dizayni joriy yil oxirigacha shakllanishini qo’shimcha qildi.


Yangi sport Tesla Roadster avtomobili anchadan beri chiqarilishi rejalashtirilib kelinsa-da, global ta’minotdagi uzilishlar sababli kechga surilib ketayotgan edi. Shularni hisobga olgan holda, Mask Tesla o'zining uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan yangi avlod Roadster elektr sport avtomobilini kelgusi 2025-yilda ishlab chiqarishni boshlashiga umid qilayotganini aytdi.


Tesla birinchi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni 2008-yil boshlagan. Tesla 2010-yil 29-iyun NASDAQ birjasida IPO (Initial Public Offering) o’tkazganida narx hozirgi kungacha bo’lgan splitlarni hisobga olgan holda $1 dan $2.5 diapozonda savdo qilinar edi. Yangi turdagi avtomobil ishlab chiqarilishi kelajakda Tesla narxiga ta’sir etmay qolmaydi. Bu holatni ba’zi tarixdan keltirilgan misollar bilan ko’rib chiqamiz. Chunki tarix doim takorlanadi.


Misol uchun, Tesla 2023-yil noyabr oyida “Cybertruck” avtomobilini ishlab chiqarishini boshlaganida Tesla aksiyasi narxi noyabr oyi boshida $200 dan, oy oxiriga kelib esa $250 gacha ko’tarilgan edi. Tesla aksiyasiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar bo’lsa-da, yangi turdagi avtomobil ishlab chiqarilishi kompaniyaga sezilarli ta’sir o’tkazadi.


Model Y Tesla elektromobiliga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Tesla kompaniyasi 2020-yil yanvar oyidan buyon xaridorlarga ushbu turdagi avtomobilni yetkazib beradi. 2020-yil yanvar oyi boshida Tesla aksiyasi narxi $29.3 atrofida savdo qilinar edi. Fevral oyi o’rtalariga kelib bitta dona Tesla aksiya narxi $62.5 narxigacha ko’tarildi. Bu holatga yangi turda ishlab chiqarilgan Model Y elektromobillarining ommalashishi ta’sir qilgan bo’lishi mumkin. Lekin, afsuski Koronavirus pandimiyasi oqibatida 2020-yil mart oyida fond birjasida butun index bozorini qulashi Tesla aksiyalarini chetlab o’tmadi.


Lekin, har doim ham yangi turdagi Tesla modeli birdaniga Tesla aksiyalarini o’sishiga sabab bo’ldi deb xulosa chiqarish noto’g’ri. Chunki, Tesla Model X elektromobili 2015-yil sentabrda yetkazib berish boshlangan bo’lsa ham, uzoq vaqtgacha Tesla aksiyasi narxida sezilarli o’sish kuzatilmagan edi.


Yuqoridagi narxlar Tesla aksiyasining split o’zgarishlarini hisobga olgan holda keltirildi.

Shunday bo’lsa ham, Tesla yangi turdagi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni boshlasa, yuqoridagi kabi vaziyat bo’lishi mumkin. Albatta, risklarni hisobga olgan holda ish tutish zarur.

Maqolani ulashing:

Photo: finance yahoo

O'xshash yangiliklar

AQShning 10 yillik g'aznachilik daromadi deyarli 4,7 foizga ko'tarildi , bu aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Bu o'sish AQSh qarzi va inflyatsiya bilan bog'liq xavotirlarni aks ettiradi.

Obligatsiyalar narxi ko'tarilmoqda! Bozorda holat qanday?
#tahlil

08/01/25

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari AQShning Apple, Tesla, Starbucks va HP kabi kompaniyalarini xitoylik bilan hamkorlik qilganliklari uchun maqtamoqda.

Xitoy nega AQSh kompaniyalarini maqtamoqda?
#tahlil

28/11/24

Bozorlar bu hafta ham muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarni kuzatadi. Shuningdek, daromad hisobotlari taqdim etilishi davom etadi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

O'tgan hafta ancha shov-shuvli tempda o'tdi. Bu haftada esa Fed prezidentlari nutqi va RBAning stavkalar qarori e'tibor bilan kuzatiladi.

Haftaning 5 ta muhim voqeasi
#tahlil

17/10/24

Yaponiya banki 2008 - yildan buyon birinchi marta foiz stavkalarini oshirdi. Ammo BOJ stavkalarni 0 dan past holatda saqlab qolishini, bu orqali esa pul-kredit siyosatini qo’llab-quvvatlashini bildirdi. 

BOJ endi nimalarni rejalashtirmoqda?
#tahlil

17/10/24

Yana bir salbiy xabar! Citi tahlilchilari Xitoyning 2024-yilda YaIM o‘sishi prognozini pasaytirgan birinchi yirik bank bo‘ldi.

Xitoy iqtisodiy salomatligini tiklashi lozim, yoqsa…
#tahlil

17/10/24

bottom of page