Kumush inflatsiyadan himoya vositasi bo'la oladimi?

Kumush inflatsiyadan himoya vositasi bo'la oladimi?
#tahlil
2 min
19/05/24, 08:27

Ulashish:
Oltin jahon miqyosida eng ko'p sotiladigan tovarlardan biri. Asosan, zargarlik sanoati unga talabni qo'zg'atadi. Lekin oltin odatda inflyatsiyaga qarshi himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Kumush ham himoya vositasi bo’la oladimi?
Investorlar ko'pincha kumushni inflyatsiya paytida oltinga o'xshash qimmatbaho metal sifatida qabul qilishadi. Biroq, oltindan farqli o'laroq, kumush, asosan, elektronika, quyosh panellari, elektromobillar va kimyo sanoatlarida ishlatiladi. U oltindan farqli yo'nalishda ekani uning iqtisodiy sikllarni zaif qiladi.
Asosan sanoat talabi, kichikroq bozorlar hamda oltin, mis va rux kabi boshqa metallar bilan bog'liqligi kumush narxini oltinnikiga qaraganda ancha o'zgaruvchan qiladi.
Kumush inflyatsiyaning umumiy holatig to'g'ri kelmaydigan juda tartibsiz naqshni ko'rsatdi.
Kumush sanoatda muhim rol o'ynagani sababli inflyatsiyaga qarshi himoya vositasi sifatidagi ahamiyatni kam. Chunki retsessiya kumushga muhtoj bo'lgan tarmoqlarning sekinlashishiga olib keladi. Shunga asoslanib kumush narxi tushadi.
Ammo ekspert Peter Schiff fikriga ko'ra, kumushning o'sishi inflyatsiyani avj olayotganini oltin o'sishidan ham ko'ra yaxshiroq ko'rsatib berishi mumkin ekan.
Photo:macromicro.me
