Inqirozlar davrida banklarni qutqarish dasturi (Bank bailout) qanday ishlagan?

Inqirozlar davrida banklarni qutqarish dasturi (Bank bailout) qanday ishlagan?
#iqtisod, #termin
6 daqiqa
03/02/25, 12:03

Ulashish:
Banklarni qutqarish (bank bailout) nima? Bank bailout yoki banklarni davlat tomonidan qutqarish muhim moliyaviy mexanizm bo‘lib, banklar jiddiy moliyaviy qiyinchilikka duch kelganda, davlat ularni qutqarish uchun iqtisodiy aralashuvi hisoblanadi. Davlat tomonidan bank tizimining barqarorligiga xavf tug‘ilganda ularni saqlab qolish uchun hukumat iqtisodiy yordam qiladi. Bank faoliyati bir-ikki yillik biznes hisoblanmaydi va ularning faoliyat yuritishida davlatning imperativ qonunchiligi mavjud. Banklarning bankrotligi davlatdagi boshqa har qanday biznes tashkilotidan ko‘ra iqtisodiyotga yomon ta’sir qiladi. Iqtisodiy inqirozlar mahali davlat odatda bir necha usullar orqali banklarni qutqaradi. Eng keng tarqalgan usul - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam ko‘rsatish. Bunda davlat bankka ma’lum miqdorda pul mablag‘larini ajratadi yoki imtiyozli shartlarda qarz beradi. Bank chiqargan qimmatli qog‘ozlarni hech kim sotib olishni istamaydigan mahali davlatning o‘zi bankning aksiyalarini sotib olishi yoki uning muammoli aktivlarini o‘z balansiga olishi mumkin. Bank bailout jarayonining asosiy maqsadi moliya tizimining izdan chiqishining oldini olishdir. Bir yirik bankning bankrot bo‘lishi "domino effekti" ni keltirib chiqarishi mumkin - ya’ni bir bank qulashi boshqa banklarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, butun moliya tizimini izdan chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, oddiy fuqarolar omonatlarining xavfsizligini ta’minlash ham muhim vazifa hisoblanadi. Banklarning bankrot bo‘lishi juda ko‘plab ishsizlar oqimini yaratishi mumkin. Bu esa hukumat uchun qo‘shimcha muammo. Shuning uchun banklarning inqirozga yuz tutishini hukumat bir chetdan jim qarab turmaydi. Misol uchun AQShda JPMorgan Chase va Bank of America eng yirik banklar bo‘lib, minglab xodimlar bu yerda mehnat qiladi va amerika iqtisodiyoti barqarorligi ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Tarixda ''bank bailout'' dasturlarining eng mashhur misollaridan biri - bu 2008-yildagi global moliyaviy inqiroz davrida AQShda amalga oshirilgan TARP dasturi. TARP dasturi nima? TARP (Troubled Asset Relief Program) - muammoli aktivlarni qutqarish dasturi. Bu dastur orqali hukumat banklarni qutqarish uchun 700 milliard dollar ajratdi. Sodda qilib aytganda, hukumat banklarning zarar ko‘rgan aktivlarini sotib oldi va ularga moliyaviy yordam berdi. Bu dastur doirasida AQSh hukumati 700 milliard dollardan ortiq mablag‘ni banklarni qutqarishga sarflagan. Bu dastur orqali Goldman Sachs, Bank of America, Citigroup kabi yirik banklar qutqarib qolingan. Bu dastur qanday ishlagan? Davlat banklarning muammoli aktivlarini sotib oldi. Hukumat banklarga to‘g‘ridan-tog‘ri naqd pul berdi. Bu pullar hisobiga banklar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Iqtisodiyat barqarorlashgandan so‘ng, banklar pullarni foizlari bilan qaytarishi kerak edi. Yirik banklarga berilgan yordamlardan biri ularning imtiyozli aksiyalari davlat o‘zi sotib olishi bo‘ldi. ● Citigroup: 20 milliard dollarlik imtiyozli aksiyalar ● Bank of America: 15 milliard dollarlik imtiyozli aksiyalar ● Wells Fargo: 25 milliard dollarlik imtiyozli aksiyalari hukumat tomonidan sotib olindi. Imtiyozli aksiyalarning shartlariga kelsa, banklar davlatga yillik dividend stavkasi - 5% (birinchi 5 yil) pul to‘lashi, 5 yildan keyin dividend stavkasi 9% ga oshirilishi belgilandi. Birinchi bosqich (TARP dasturi boshlanganda): Dastur bo‘yicha dastlab 700 milliard dollar mablag‘ ajratildi. Bu mablag‘ning asosiy qismi banklarning muammoli aktivlarini sotib olishga yo‘naltirildi. Eng yirik banklar (Bank of America, Citigroup, JPMorgan Chase) ga katta miqdordagi mablag‘lar berildi. Ikkinchi bosqich (2009-yil boshida): Keyinchalik qo‘shimcha 787 milliard dollar ajratildi. Shu bilan umumiy ajratilgan mablag‘ 1,5 trillion dollardan oshdi. 2014-yilga kelib, banklarning aksariyati bu mablag‘larni davlatga foizlari bilan qaytardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat bu operatsiyadan taxminan 15.3 milliard dollar foyda ko‘rgan. Lekin, banklarni qutqarish bir tomondan oqilona yechim emas. Sababi, o‘sha 2008-yildagi moliyaviy inqiroz davrida banklarni qutqarishda ajratilgan 700 milliard dollar aslida soliq to‘lovchilarning - iste’molchilarni pullari edi.
Getty Images
O'xshash yangiliklar
VAP Group va Times of Blockchain 2025-yil 10–11 dekabr kunlari Abu Dabi, Space42 Arena’da Global Blockchain Show 2025 ni o‘tkazadi. Tadbir 5,000+ ishtirokchi, 200+ xalqaro ekspert spiker, 300+ yetakchi investor va 150+ media vakillarini bir platformada jamlab, blokcheyn va dezentral texnologiyalar sohasidagi muhim muhokamalar va hamkorliklarni rag‘batlantiradi.
DeFi va digital aktivlardan tortib NFT va korporativ blokcheyngacha — jonli demo, pitch tanlovlari va hackathonlar orqali yangi start uplar va texnologik imkoniyatlar namoyish etiladi. Tadbir yuqori darajadagi networking va investitsiya imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
VAP Group vakili ta’kidlaganidek, “Global Blockchain Show BAAda blokcheyn ekotizimini kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ladi. Biz ishtirokchilar va hamkorlarga haqiqiy imkoniyat va yangi investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish niyatidamiz.”
Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 10–11 dekabr, 2025-yil
📍 Joy: Space42 Arena, Abu Dabi
👥 Ishtirokchilar: 5,000+
🎙 Spikerlar: 200+ global ekspert
💼 Investorlar: 300+
🗞 Media: 150+
Hoziroq so'rov yuboring va siz ham ishtirok eting:
GBS Abu Dhabi :
BTX10 - https://ti.to/globalblockchainshow/abu-dhabi/discount/BTX10
IVT10 - https://ti.to/globalblockchainshow/abu-dhabi/discount/IVT10
GAIS Abu Dhabi-
IVT10- https://ti.to/global-ai-show/abu-dhabi/discount/IVT10
BTX10- https://ti.to/global-ai-show/abu-dhabi/discount/BTX10
GGS Abu Dhabi :
BTX10 - https://ti.to/global-games-show/abu-dhabi/discount/BTX10
IVT10 - https://ti.to/global-games-show/abu-dhabi/discount/IVT10
Global Blockchain Show 2025 — Abu Dabida
#Global Blockchain Show
17/11/25