Har oy faqatgina dividendlar hisobiga yashash uchun qancha investitsiya kerak bo’ladi?
Har oy faqatgina dividendlar hisobiga yashash uchun qancha investitsiya kerak bo’ladi?
#tahlil
3-min
25/04/24, 12:35
Ulashish:
Spot uz ma’lumotlariga ko’ra, O’zbeskitonda o’rtacha oylik ish haqi 4 500 000 so’mni tashkil qiladi. Bu hozirgi dollar qiymatida $350 tashkil qiladi. Agar oyiga $350 dollar qiymatidagi dividend shaklida daromad kerak bo’lsa, bu yilga $4 200 dolllar bo’ladi.
Keling, qandaydur kelib-chiqishi mavhum ‘’penny’’ aksiyalar emas, ancha yillardan beri bozorda mashur kompaniyalar aksiyalar investitsiyasi misolida ko’rib chiqamiz.
’’Coca-cola’’ kompaniyasi aksiyalari hozirda - $61.55 dollar tashkil qiladi. Dividend daromadi hozirda yillik 3.15% tashkil qiladi.
3.15% = $4 200 dollar
100% = x = $133 333 dollar
Demak, Coca-cola aksiyalariga investitsiya sizga dividend hisobiga O’zbekistondagi o’rtacha oylikga teng daromad olib kelishi uchun $133 333 dolllar qiymatidagi invesitsiyani amalga oshirish kerak.
’’Nestle’’ kompaniyasi askiyalari hozirda $99.52 dollarni tashkil qiladi. Dividend daromadi hozirda yillik 3.3% tashkil qiladi.
3.3% = $4 200 dollar
100% = x = $127 272 dollar investitsiya kerak bo'ladi.
Apple kompaniyasi aksiyalari hozirda $169,02 dolarni tashkil qilmoqda. . Dividend daromadi hozirda yillik 0.57% tashkil qiladi.
0.57% = $4 200 dollar
100% = x = $736 842 dolar investitsiya kerak bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hech qanday moliyaviy maslahat emas, har bir qilayotgan ishingizga o’zingiz javobgarsiz.