Hafta davomida kuzatish zarur bo'lgan 5 ta narsa

Hafta davomida kuzatish zarur bo'lgan 5 ta narsa
#iqtisod, #tahlil
2 min
06/05/24, 05:01

Ulashish:
Ushbu hafta sokinroq o’tishi kutilmoqda. Chunku muhim hisobotlar, ayniqsa, stavkalar bo’yicha ma’lumotlar o’tgan hafta e’lon qilib bo’lindi.
Fed rahbarlari nutqi
Shunga qaramay, bu haftada bir qator AQSh siyosatchilari nutq so’zlaydilar. Dushanba kuni Nyu-York Fed prezidenti Jon Uilyams va Richmond Fed prezidenti Tomas Barkin stavkalar bo’yicha nutq so’zlasa bir kundan keyin Minneapolis Fed prezidenti Nil Kashkari nutq so'zlashi kerak. Chikago Fed prezidenti Ostan Goolsbi va Fed gubernatori Mishel Bowman hafta oxirida chiqish qilishadi.
Kompaniyalar daromad hisobotlari
Birinchi chorakdagi daromadlar mavsumi yakuniy bosqichga yaqinlashib qoldi. Bu haftada hisobot berishi kerak bo'lgan Walt Disney, Wynn Resorts va Akamai Technologies kabi katta kompaniyalar mavjud. Shu bilan birga bir qator kichik kompaniyalar ham hisobot topshiradi.
BOE stavkalari bo’yicha ma’lumotlar
Payshanba kuni Angliya Banki stavkalarni pasaytirishiga doir ma’lumotlarini e’lon qiladi. So’nggi paytlardagi yevrodagi bayonotlar tufayli sentabrda stavkani pasaytirish uzoqroqqa cho’zilishi mumkin. Shu sababli uni kuzatib borish zarur.
Neft narxidagi o’zgarishlar
Brent nefti o’tgan haftada 7% dan ko'proqqa, WTI neft brendi esa 6,8% ga pasaydi. Neft narxining pasayishi AQSh hukumatini strategik zaxiralarni to'ldirishga undaydimi yoki yo'qligini kuzatish zarur.
RBA majlisi
Avstraliya Zaxira banki seshanba kuni kutilganidan ko'ra issiqroq birinchi chorak inflyatsiya ma'lumotlari va mehnat bozorida mustahkamlanish davom etayotganiga ishora qiluvchi raqamlardan so'ng o'zining so'nggi siyosiy yig'ilishini o'tkazadi.
Photo:Reuter
O'xshash yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi ta'kidlashicha, Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv antimonopoliya organlarining tasdig'ini talab qilmaydi.
Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv monopoliya emas (mi?)
#iqtisod, #tahlil
06/11/24
Ushbu haftada Federal rezerv, Angliya banki va Yaponiya bankining siyosiy uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Shuningdek Fed stavkalrni pasaytirishi uchun muhim bo’lgan bandlik hisoboti (Nonfarm payrolls) e’lon qilinadi. Muhtasham yettilik kompaniyalarning qolganlari ham daromad hisobotlari shu haftada e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
17/10/24
Ushbu haftada muhim hisobot, AQSh ish o'rinlari ko'rsatkichi e'lon qilinadi. Shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya saylovlari natijalari e'tibor markazida bo'ladi. Dunyoning ikki yana yetakchi iqtisodlari Yevrozona va Xitoyda qator hisobotlarni ma'lum qiladi.
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
01/07/24