Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
3-daqiqa
29/07/24, 04:16

Ulashish:
Fed qarori
Fed raisi Jerom Pauellning chorshanba kungi siyosiy bayonoti diqqat markazida bo'ladi. Hozirda inflyatsiyaning sovishi va ishsizlik darajasining ko'tarilishi tufayli senyabr oyidagi stavka 88% pasayishi ehtimoli bor. Shuning uchun Fed qarori e’tibor bilan kuzatiladi.
Bandlik hisoboti (Nonfarm payrolls)
Juma kuni AQSh bandlik hisoboti e’lon qilinadi. Iqtisodchilar iyul oyida AQSh iqtisodida 177,000 ish o'rni yaratilishini kutishmoqda. Bu o'tgan oydagi 206,000 dan mo'tadil natija.
Big Tech daromadi
Microsoft seshanba kuni daromadi haqida hisobot berishni rejalashtirmoqda. Chorshanba kuni esa Meta, payshanba kuni Apple va Amazon o’z daromadi haqida ma’lumot beradi.
Angliya banki yig'ilishi
Payshanba kuni BoE investorlar bilan uchrashadi. BoE bayonoti diqqat bilan kuzatiladi. Chunki o’tgan oylarda yig'ilish arafasida noaniqlik darajasi odatdagidan yuqori bo'ldi. Buyuk Britaniyada 4-iyul kuni bo'lib o'tgan saylov tufayli markaziy bank ikki oydan ortiq vaqt davomida ochiqchasiga gapirmadi.
Yaponiya bankining qarori
BOJ chorshanba kuni o'zining siyosiy yig'ilishini olib boradi. So’nggi vaqtlarda iqtisodni normallashtirish zarurligi tufayli stavkalarni oshirish ehtimollari ko’paymoqda. Shuning uchun BOJ yig’ilishi diqqat bilan kuzatiladi.
Photo:Reuter
O'xshash yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi ta'kidlashicha, Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv antimonopoliya organlarining tasdig'ini talab qilmaydi.
Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv monopoliya emas (mi?)
#iqtisod, #tahlil
06/11/24