Xitoy AQShni muzokalarga undamoqda!

Xitoy AQShni muzokalarga undamoqda!
#iqtisod, #tahlil
3 daqiqa
13/12/24, 09:38

Ulashish:
Donald Trump Xitoyga nisbatan tarif tahdidlarini oshirar ekan, Pekin to'liq savdo urushi boshlanishidan oldin Vashingtonni muzokaralarga undash uchun o'z cheklovlarini o'rnatmoqda. Xitoy savdo, investitsiya va texnologiya masalalari bo'yicha kelishuvni maqsad qilgan. Shu bilan birga tariflarning zaif iqtisodiyotiga ta'sirini ko'rib chiqishni boshlagan. Yaqinda Xitoy AQSHning chip ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasiga nisbatan tergov boshladi va nodir minerallarning AQShga eksport qilinishini taqiqladi.


Elektr transport vositalari va yashil energiya kabi sohalardagi o'sishiga qaramay, Xitoy hali ham ilg'or mikrochiplar masalasida AQSh importiga tayanadi. Pekin Amerika texnologiyalaridan foydalanishni davom ettirish uchun avgust oyida muddati tugagan AQSh-Xitoy fan va texnologiya kelishuvini yangilamoqchi.

Tariflarga javoban Xitoy AQShning neft va tabiiy gaz importini oshirishi mumkin.

Biroq, Xitoydagi AQSh firmalari bozorga kirishdan xavotirda. Chunki 1999-yildan beri ishbilarmonlik kayfiyati Xitoyda past darajada. Fentanil savdosi ham savdo munosabatlarini murakkablashtiradi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xitoy AQShning tariflariga javob qaytarib, uni muzokalarga chorlamoqchi. Xitoydagi iqtisodiy vaziyat yomonligi ham AQShga qo'l kelmoqda! Fentanil kuchli sintetik opioid bo'lib, asosan tibbiyotda og'riqni davolashda, xususan, saraton kasalligi bilan og'rigan bemorlarda yoki jarrohlikdan keyin og'ir og'riqlar uchun ishlatiladi.
Photo:Reuter
O'xshash yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi ta'kidlashicha, Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv antimonopoliya organlarining tasdig'ini talab qilmaydi.
Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv monopoliya emas (mi?)
#iqtisod, #tahlil
06/11/24
Ushbu haftada Federal rezerv, Angliya banki va Yaponiya bankining siyosiy uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Shuningdek Fed stavkalrni pasaytirishi uchun muhim bo’lgan bandlik hisoboti (Nonfarm payrolls) e’lon qilinadi. Muhtasham yettilik kompaniyalarning qolganlari ham daromad hisobotlari shu haftada e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
17/10/24
Ushbu haftada muhim hisobot, AQSh ish o'rinlari ko'rsatkichi e'lon qilinadi. Shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya saylovlari natijalari e'tibor markazida bo'ladi. Dunyoning ikki yana yetakchi iqtisodlari Yevrozona va Xitoyda qator hisobotlarni ma'lum qiladi.
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
01/07/24
Yuqori foiz stavkalarining iqtisodiyotga ta'sirini baholash uchun AQSh chakana savdosi ma'lumotlari kuzatish kerak. Shuningdek, hafta davomida bir nechta Federal rezerv siyosatchilarning nutqini tinglash zarur. Angliya banki Shveytsariya, Norvegiya va Avstraliyaning markaziy banklari bilan uchrashadi. Ushbu haftada bizni nimalar kutib turibdi?
Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil
17/06/24