top of page
"PLUS-Forum Digital Uzbekistan" tadbiri haqida...

"PLUS-Forum Digital Uzbekistan" tadbiri haqida...

#iqtisod, #tahlil

3 min

16/06/24, 09:41

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Ushbu tadbir Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Forum Markaziy Osiyo mintaqasidagi fintech va raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yirik tadbir bo’lib 4- marotaba tashkil etildi.


PLUS-Forum Digital Uzbekistan – bu bozor ishtirokchilariga eng dolzarb mavzularni birgalikda muhokama qilish imkonini beruvchi, shuningdek, fintech, chakana va kredit institutlarining integratsiyalashuviga yordam beruvchi hamda to‘lov industriyasi va moliya bozori mutaxassislarida doimo katta qiziqish uyg‘otadigan ochiq tarmoqlararo platformadir.


Forumda ishtirok etish uchun 2500 ga yaqin delegat roʻyxatdan oʻtgan. Tadbirda 120 dan ortiq ma'ruzachilar so'zga chiqdi va ko'rgazma qismida 30 dan ortiq mamlakatdan 70 dan ortiq eksponentlar o'z mahsulotlari, texnologiyalari va xizmatlarini taqdim etadilar.


Tadbirda Blockchain, islomiy moliya, elektron tijorat, oflayn chakana savdo, axborot xavfsizligi, masofadan identifikatsiya qilish, CBDC, Web 3.0., AI, ChatGPT, metaversening biznesga ta'siri kabi mavzular haqida turli nutqlar so’zlandi va muhokama qilindi.


Ma’ruzachilar orasida:

  • Sodir Meliboyev (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari),


  • Dilmurod Qosimov (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi biznes-ombudsman),


  • Dilshod Qurbonboyev (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublika inkasso xizmati davlat unitar korxonasi bosh direktori),


  • Jahongir Abdiyev (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari)


Vyacheslav Pak (Ilg'or loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari) kabi nufuzli shaxslar nutq so’zladilar. Ta'kidlash joizki, tadbirda jamoamiz a'zolari bilan qator innavatsion g'oyalar mahsuli bilan tanishish imkoniga ega bo'ldik. Har bir tashkilot va uning xodimlari o'zlaring qator yangiliklari bilan tashrif buyurishgan va ular orqali sohadagi muammolarga yechimni taqdim e'tishmoqda.


Har bir sohani so'nggi texnologiyalar va tendensiyalar bilan hamohang shaklda olib borilayotganini guvohi bo'ldik. Tadbir juda ko'tarinki kayfiyatda o'tdi!

Maqolani ulashing:

Photo: PLUS-Forum Digital Uzbekistan

O'xshash yangiliklar

Trump tarif tahdidlarini kuchaytirar ekan, Xitoy ham o'z choralari bilan javob bermoqda. Shunga qaramay, Xitoy AQSh bilan muzokalar o'tkazishga intilmoqda!

Xitoy AQShni muzokalarga undamoqda!
#iqtisod, #tahlil

13/12/24

Donald Tramp prezidentlikka yaqinlashib kelmoqda!

Uning prezidentlikka saylanishiga AQSh va jahon iqtisodiyaoti qanday munosabat bildirmoqda?

Donald Trampning prezidentligiga saylanishi butun dunyo iqtisodiga qanday ta'sir qiladi?
#iqtisod, #tahlil

06/11/24

O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi ta'kidlashicha, Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv antimonopoliya organlarining tasdig'ini talab qilmaydi.

Yandex Eats va Express 24 o'rtasidagi kelishuv monopoliya emas (mi?)
#iqtisod, #tahlil

06/11/24

Ushbu haftada Federal rezerv, Angliya banki va Yaponiya bankining siyosiy uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Shuningdek Fed stavkalrni pasaytirishi uchun muhim bo’lgan bandlik hisoboti (Nonfarm payrolls) e’lon qilinadi. Muhtasham yettilik kompaniyalarning qolganlari ham daromad hisobotlari shu haftada e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil

17/10/24

Ushbu haftada muhim hisobot, AQSh ish o'rinlari ko'rsatkichi e'lon qilinadi. Shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya saylovlari natijalari e'tibor markazida bo'ladi. Dunyoning ikki yana yetakchi iqtisodlari Yevrozona va Xitoyda qator hisobotlarni ma'lum qiladi. 

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil

01/07/24

Bu hafta diqqat markazida AQShning inflyatsiya ko'rsatkichi va ba'zi yevro hududi iqtisodlarining iyun oyi inflyatsiyasi haqidagi ma'lumotlar bo'ladi. 

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 ta muhim voqea
#iqtisod, #tahlil

24/06/24

bottom of page