Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa

Hafta davomida kuzatish kerak bo’lgan 5 narsa
#tahlil
2 mn
25/03/24, 02:30

Ulashish:
AQSh ma'lumotlari
Bu haftaning juma kunida Fed tomonidan asosiy inflyatsiya o'lchagichi bo'lgan shaxsiy iste'mol xarajatlari indeksini chiqariladi.
Iqtisodiy taqvim shuningdek, yangi uy-joy sotish , uzoq muddatli tovarlar buyurtmalari , qayta ko'rib chiqilgan YaIM va dastlabki ishsizlik da'volari bo'yicha haftalik hisobotga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Fed rasmiylari nutqlari
Fed raisi Jerom Pauell, Atlanta Fed prezidenti Rafael Bostik va Fed gubernatorlari Liza Kuk va Kristofer Uoller shu haftada nutq so’zlashadi. Ularning hisobotlari kuzatish va bozor holatidan boxabar bo’lish zarur.
Qimmatli qog'ozlar
O'tgan haftada S&P 500 dekabr oyi o'rtalaridan beri eng katta haftalik foiz o'sishini qayd etdi va 2,3% ga o'sdi. Dow Jones Industrial Average 2% ga ko'tarildi. Bu ham dekabr oyi o'rtalaridan beri eng katta haftalik o'sish bo’ldi. Nasdaq esa 2,9 foizga o'sdi, bu yanvar oyining o'rtalaridan beri eng katta haftalik o'sish bo’ldi. Fond bozorlaridagi ko’rsatichlarni hafta davomida kuzatib borish va yangiliklardan boxabar bo’lish kerak.
Neft narxi ko’rsatgichlari
Juma kuni neft narxlari pasayib ketdi. Chunki G'azoda o't ochishni to'xtatish ehtimoli pasaymoqda. Bu neft narxiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Hafta davomida neft narxi ko’rsatgichlarini kuzatib borish har tomonlama foydali.
Global inflyatsiya
Avstraliya Zaxira banki rasmiylari chorshanba kungi inflyatsiya ko'rsatkichlari bilan bog’liq hodisalar kuzatib borish kerak. Chunki fevral oyidagi ma'lumotlar bir qator xizmatlar uchun narxlarning o'zgarishini hisobga olgan holda taqdim etiladi.
Photo:Reuter