EUR/USD AQSH inflyatsiya maʼlumotlariga koʻra 3 oylik eng past darajaga tushdi

EUR/USD AQSH inflyatsiya maʼlumotlariga koʻra 3 oylik eng past darajaga tushdi
#tahlil
2 min
15/02/24, 09:38

Ulashish:
Seshanba kuni AQSh ma'lumotlariga ko’ra inflyatsiya yanvar oyida kutilganidan ko'proq o'sganini ko'rsatganidan keyin evro (EUR) deyarli 0,6% yo'qotdi. Kechagi ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, AQSh iste'mol narxlari indeksi (CPI) yanvar oyiga nisbatan 0,3% ga o'sdi.
CPIning o'sishi kutilganidan yuqori bo'ldi. Fedning foiz stavkalariga doir qarori EUR/USD kursiga ham ta’sir qilmay o’tmadi. Ushbu qaror bu kursning pasayish sabablaridan biri hisoblanadi.
EUR/USD kursi Osiyo va Yevropaning dastlabki savdo sessiyalarida tiklanishga harakat qildi. Kechagi ma'lumotlar treyderlarning kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmadi. Shu sabab o'rnatilgan pasayish tendentsiyasi davom etishi mumkin. Qo'shimcha o'zgaruvchanlik Evrozona yalpi ichki mahsuloti ko'rsatkichlari UTC soat 10:00 da e'lon qilinishi bilan yuzaga kelishi mumkin.
Agar raqamlar kutilganidan past bo'lsa, EUR/USD kursidagi pasayish chuqurlashib, juftlikni 1,07000 darajasidan pastga tushirishi mumkin. Aks holda, juftlik 1.07600 darajani nishonga olgan holda qayta tiklanishi mumkin.
Photo:Freepik