top of page
Eng qimmat top 5 ta aksiyalar qaysi va u qaysi kompaniyalarga tegishli?

Eng qimmat top 5 ta aksiyalar qaysi va u qaysi kompaniyalarga tegishli?

3-min

15/04/24, 13:42

1/3 Bitcoin
Ulashish:

1.Warrant Buffetga qarashli Berkshire Hathaway Inc kompaniyasining Berkshire Hathaway Inc Class A aksiyalari joriy bozor narxi $608 091 dollarini tashkil etadi. Ushbu aksiya yil boshidan beri 12% ortiqga o'sdi va joriy bozor kapitallashuvi 869.63 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.


2.NVR Inc. Dunyodagi ikkinchi eng qimmat aksiya bu AQShda joylashgan uy qurilishi va qurilish materiallari giganti - NVR Inc. aktsiyaning joriy bozor narxi (CMP) taxminan $7,817.98 dollarini tashkil etadi, bozor kapitallashuvi 25 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.Ushbu aksiyalar yil boshidan beri 13% ortiqroqga oshdi.


3.Seaboard Corporation (SEB) kompaniyasi askiyalari dunyodagi eng qimmat aksiyalar ro'yxatida 3-o'rinda bo'lib, ushbu kompaniya dunyodagi oziq-ovqat va tamaki biznesi giganti hisoblanadi. U asosan oltita asosiy biznes tarmog'iga ega bo'lib, ular dengiz, kurka, shakar va alkogol, energiya, tovar savdosi bilan shug'ullanadi. SEB ning joriy bozor narxi (CMP) qiymati taxminan $3102,6 dollarini tashkil etadi, bozor kapitallashuvi 3,01 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.


4.AutoZone kompaniyasi aksiyasi dunyodagi to'rtinchi eng qimmat aksiya bo'lib, joriy bozor narxi (CMP) taxminan $2,962.3 dollarini tashkil etadi. Ushbu kompaniyaning bozor kapitallashuvi 51.26 milliard dollarini tashkil etdi. AutoZone Inc. bu AQSh, Braziliya va Meksika bo'ylab turli avtomobil qismlari va aksessuarlarini yetkazib beruvchi Tennessi shtatida joylashgan kompaniya hisoblanadi.


5.Chipotle Mexican Grill Inc (CMG) hozirgi kunda eng qimmat beshinchi aksiya CMG bo'lib, joriy bozor narxi $2,957.6 dollarni tashkil etadi. Ushbu aksiya 1 yil davomida 70% atrofida daromad keltirdi va joriy bozor kapitallashuvi 81.10 milliard dollarini tashkil etadi. CMG Inc oziq-ovqat va ichimliklar sotadigan restoranlar tarmog'i bo'lgan Kaliforniyada joylashgan kompaniya hisoblanadi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Dividendlarning umumiy hajmi qariyb 31,89 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“O‘zbekinvest” aksiyadorlari kompaniyaning 2025-yildagi sof foydasining 58,2 foizini dividend sifatida taqsimlashga qaror qildi

25/08/26

Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy ommaboplik hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda banklardan kredit olgan fuqarolarning 29 foizida bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq kredit mavjud.

25/08/26

20-avgust kuni SpaceX’ning yana 319 mln dona aksiyasi lock-up cheklovidan chiqarilib, investorlar tomonidan erkin sotilishi mumkin bo‘ldi. Bu kompaniyaning iyun oyidagi IPOsidan keyingi ikkinchi yirik aksiya “unlock” bosqichi hisoblanadi.

20-avgust kuni SpaceX aksiyalarida navbatdagi 319 mln dona aksiya erkin bozor savdolariga qoʻshildi

25/08/26

Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrdlik aksiyalarini qayta sotib olish va bekor qilish bo‘yicha yirik dasturini e’lon qildi.

SK Hynix kompaniyasi $28,6 mlrd dollarlik aksiyalarini “buyback” rejasini eʼlon qildi

25/08/26

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi — kompaniya S&P 500’da yilning eng tez o‘sayotgan aksiyalaridan biriga aylandi

Moderna aksiyalari bir kunda 177%ga oshdi

25/08/26

Emissiya doirasida har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

UniversalBank $10 mlnlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi

25/08/26

bottom of page