2024-yil uchun moliyaviy bozor istiqbollari (OCTA tahlili)

2024-yil uchun moliyaviy bozor istiqbollari (OCTA tahlili)
#tahlil
4 min
14/02/24, 12:46

Ulashish:
2023-yilda biz global markaziy banklarning inflyatsiya bilan kurashayotganini ko'rdik. Butun dunyo boʻylab markaziy banklar tomonidan foiz stavkalari oshirilganidan soʻng, global inflyatsiya 2022-yil yozidagi 10 foizdan hozirgi darajasiga tushib, 5 foizdan pastroqqa tushdi. Foiz stavkalarining ko'tarilishi natijasida aktivlarning yuqori daromadlilik talablari ham ortdi.
2024-yilda bizni AQShda va butun dunyoda geosiyosiy keskinlik kuchaygan saylov yili kutmoqda. Bundan tashqari, global retsessiya ham kuzatilishi mumkin.
Shuning uchun OCTA tahlilchilari bozor xatti-harakatini 2 ssenariy asosida tahlil qilishdi: 1. Asosiy ssenariy -global o'sishning qayta tiklanishini ko'rsatadi; 2. Asosiy bo'lmagan ssenariy ko'pgina iqtisodiy va geosiyosiy xavflarni yuzaga chiqarishi mumkin.
Yumshoq qo'nish
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning doimiy yaxshilanishini nazarda tutadi, ya'ni, inflyatsiya pasayadi, markaziy banklar stavkalarni pasaytirishni boshlaydilar. Bunday holda, AQSh Federal zaxira tizimi asosiy stavkani iyun yig'ilishigacha pauzada ushlab turadi va keyin uni muntazam ravishda pasaytirishga o'tadi. Shunday qilib, 2024-yilning birinchi yarmida barqaror daromadli aksiyalar (davlat va boshqa obligatsiyalar) va qimmatli qog'ozlar bunday holatda kamroq talabga ega bo'lib, oltin va bitkoin kabi aktivlari ustunlikka erishadi.
Garchi AQSh iqtisodiyoti jahon moliyaviy bozorlari uchun asosiy turtki bo'lsa-da, dunyoning qolgan qismidagi voqealarni ham hisobga olish kerak. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar yaxshilanganligi sababli, Yevropada ishlab chiqarishning o'rtacha tiklanishi va Buyuk Britaniya mehnat bozorining yaxshilanishini kuzatishimiz mumkin. Yaponiya Markaziy banki 2024 yilning ikkinchi yarmida asosiy stavkani oshirishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda.Bularning barchasiga harbiy mojaro zonalarida geosiyosiy keskinlikning pasayishi sabab bo'ladi.
Retsessiya kuzatiladi.
OCTA tahlilchilari mehnat bozorini bu ssenariy asosida ketishi haqida bir qarorda bo'lmasalarda, bu ssenariy haqida ham analiz-tahlillar bilan tanishtirishgan. Unga ko'ra bu ssenariy bo'yicha inflatsiya pasaygan taqdirda ham iqtisodiyot haddan tashqari foiz stavkalarining oshishiga bardosh bera olmasligi mumkin. Korporatsiyalar mehnat xarajatlarini qisqartirishga intiladi, bu esa iste'mol xarajatlarining yanada pasayishiga olib keladi.
2024-yil o'rtalariga kelib, yuqori foiz stavkalari, ishsizlik, iste'mol krediti va ipoteka to'lovlarini to'lashning sezilarli darajada oshishi kuzatiladi. 2024-yilning ikkinchi yarmidan boshlab bu iste'molchidan korporativ sektorga, so'ngra makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga o'tadi - yil oxirida korporativ daromadlar sezilarli darajada pasayishi ehtimoli baland, ishsizlik esa ortadi.
2024-yil senyabriga kelib, markaziy banklar, korporatsiyalar mehnat bozorini qo'llab-quvvatlash uchun uzoq vaqtdan beri unutilgan Quantitative Easing (QE) ga qaytadilar. Bunday vaziyatda Yaponiya banki o'zining foiz siyosatidan voz kechishi dargumon. Global iqtisodiyotning beqarorlashuvi bilan birgalikda geosiyosiy keskinliklar saqlanib qoladi.
"Yuqori foiz stavkalari tufayli investorlar 2024-yil sentabrigacha mudofaa aktivlaridan foydalanishni davom ettiradilar. Treyderlarning taktikasi bquyidagicha asoslanishi mumkin — oltin, neft, gaz, bitkoinning barqaror oʻsishiga pul tikish", - deydi Kar Yong Ang, Octa moliyaviy bozor tahlilchisi. "Senyabr voqealaridan keyin noaniqlik sezilarli darajada oshadi, chunki faraziy QE ta'siri darhol bo'lmaydi. Qolaversa, AQSh saylov poygasining finali manzarani oldindan aytib bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shunday bo'lishiga qaramasdan 2024-yilning bozor holati har qanday ssenariylarda keltirilgan holatlardan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin.
Photo:Freepik