Agar Fed stavkalarni pasaytirishni boshlamasa, bozorga nima bo'ladi?
.jpeg)
Agar Fed stavkalarni pasaytirishni boshlamasa, bozorga nima bo'ladi?
#tahlil
2 min
21/02/24, 09:25
.jpeg)
Ulashish:
Butun dunyodagi markaziy banklar bu yilgi foiz stavkalarini pasaytirilishini kutilmoqda. Birinchi navbatda AQSH Federal rezerv tizimining harakatlarini kuzatish zarur.
Biroq, AQShda stavkalarni pasaytirish ehtimollari inflyatsiya bo'yicha so'nggi ma'lumotlardan keyin pasaydi. Bu esa ba'zi ekspertlarni hatto 2024-yil so’nggiga qadar stavkalar yuqori bo'lib qolishga doir taxminlarga undamoqda. Bunday holda, o'sish faqat aksiyalar uchun ta'minlanadi, lekin obligatsiyalar va ko'chmas mulk narxlari pasayadi.
Fed rahbari Jerom Pauell ta'kidlashicha, investorlar shunchaki ko'proq ishonishlari zarur. Chunki markaziy bankning maqsadi inflyatsiyani 2 foizlik ko'rsatkichga yaqinlashtirishdir.
Ma'lumotlar to'rtinchi chorakda AQSh yalpi ichki mahsulotining o'sishi 3,3% ni, yanvar oyida 353,000 ta yangi ish o'rni yaratilganini va inflyatsiya 3,1% ni tashkil etayotganin ko'rsatmoqda. Bu esa Fedning vazifalarini yanada murakkablashtirdi va bozorni puchga chiqardi.
Bank of America tahlilchilarining ta'kidlashicha, S&P 500 Fedning harakatlaridan qat'i nazar hali ham ijobiy pozitsiyada qolmoqda. Boshqa bozor ekspertlari bu g'oyani qo'llab-quvvatladilar. Fed siyosatidan qat'i nazar, biznes sikli bozorni yanada yuqoriga ko'tarishi mumkinligini ta’kidlashdi.