Yaponiyaning Nikkei indeksi sun'iy intellektning shov-shuvi bilan rekord darajaga yetdi

Yaponiyaning Nikkei indeksi sun'iy intellektning shov-shuvi bilan rekord darajaga yetdi
#fond bozorlari
1 min
22/02/24, 10:49

Ulashish:
Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi payshanba kuni eng yuqori ko'rsatkichga erishdi. Bu asosan texnologiya sohadagi o'sish bilan bog'liq. Sun'iy intellekt haqidagi shov-shuvlar chiplarning qimmatli qog'ozlarini o’sishiga turtki bo'ldi.
Nikkei 225 indeksi 1,8% ga ko'tarilib, kun davomida rekord darajadagi 39 001,50 punktga ko'tarildi. Eslatib o’tamiz, ushbu natija 1989-yildagi 38 000 punktdan ham baland natijadir.
Nikkei'dagi daromadlar asosan og'ir vaznli texnologiya aksiyalari bilan bog'liq. Bunga NVIDIA korporatsiyasi (NASDAQ: NVDA ) to'rtinchi chorakdagi daromadlarini sun'iy intellektning kuchayishi haqidagi shov-shuvlar bilan ko'targani sabab bo’ldi.
Chipmeykerlar va chipga ulashgan aksiyalar Nikkei-ning eng yaxshi ko'rsatkichlarini qayd etdi. Nvidia yetkazib beruvchisi bo'lgan Advantest Corp. 4,2 foizga, Yaponiyaning eng qimmat chip ishlab chiqaruvchisi Tokyo Electron Ltd. esa 3,4 foizga o'sdi. Shuningdek, Dainippon Screen Mfg. 7,8% ga o'sish bilan Nikkeidagi eng yuqori o’rinlarni egalladi.
O'xshash yangiliklar
2024-yil 19-aprel kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi (ADX) bilan bir qator muhim tashabbuslar bo‘yicha hamkorlik qilish uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
“Toshkent” Respublika fond birjasi va Abu-Dabi fond birjasi o'rtasida anglashuv memorandumini imzoladi
#fond bozorlari
22/04/24