top of page
UZEX haftalik dayjesti (12-18-fevral)

UZEX haftalik dayjesti (12-18-fevral)

#tovarlar

2 min

21/02/24, 09:37

1/3 Bitcoin
Ulashish:

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 12-18-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 896,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 33,3% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 66,6% birja savdolariga, qolgan 33,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 788,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 387,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.


Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 5 043 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 20,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.


Ochiq birja savdolari orqali jami 2 593,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:


Suyultirilgan gaz


O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 6 675,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 791,0 tonnasi, yaʼni 86,8% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 190 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,3 ming so‘mdan 5 352,6 ming so‘mgacha pasaygan.


Bug‘doy


O‘tgan haftada birja savdolari orqali 34 032,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 41 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 6 806,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 988,6 ming so‘mdan 2 957,2 ming so‘mgacha pasaydi.


Shakar


Birja savdolariga 17 980,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 6 190,0 tonnasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 6 ta xaridor ishtirok etdi.


Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 600,0 ming so‘mdan 13 391,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Maqolani ulashing:

uzex.uz

O'xshash yangiliklar

AQSh xom ashyo zaxiralarining keskin o'sishi dunyodagi eng yirik iqtisodiyotdagi talabga nisbatan xavotirlarni kuchaytirdi.

AQSh zahiralari ko'payishi tufayli zarar ko'rgan neft
#tovarlar

29/02/24

Chorshanba kuni neft narxi pasayib ketdi.

Neft 1% ga tushdi
#tovarlar

28/02/24

Seshanba kuni neft narxlari asosan barqaror bo’ldi.

Neft narxi barqaror
#tovarlar

27/02/24

Dushanba kuni oltin narxlari Osiyo savdolarida pasayib ketdi va so'nggi savdo oralig'ida qayta tiklandi.

Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar
#tovarlar

26/02/24

Dushanba kuni neft narxlari pasayib ketdi. O'tgan haftada Brent narxi 2 foizga, WTI esa 3 foizdan ko'proqqa tushib ketgandi.

Neft foiz stavkalari tufayli yo'qotishlarni davom ettirmoqda
#tovarlar

26/02/24

Brent nefti fyucherslari bir barreli uchun 82,58 dollarni tashkil qilib, West Texas Intermediate neft fyucherslari  esa 77,25 dollarni tashkil qilmoqda.

Qizil dengizdagi hujumlar, AQSh foiz stavkasini pasaytirish prognozlari neft narxini pasaytirdi
#tovarlar

21/02/24

bottom of page