top of page
Qizil dengizdagi hujumlar, AQSh foiz stavkasini pasaytirish prognozlari neft narxini pasaytirdi

Qizil dengizdagi hujumlar, AQSh foiz stavkasini pasaytirish prognozlari neft narxini pasaytirdi

#tovarlar

2 min

21/02/24, 11:36

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Chorshanba kuni Qizil dengizdagi yuk tashuvchi kemalarga bo’lgan hujumlar va AQSh foiz stavkalarini pasaytirishi uchun ko'proq vaqt talab qilishi haqidagi ma’lumotlar neft narxlarini Osiyo bozorida pasayishiga sabab bo’ldi.


Brent nefti fyucherslari 24 sent (0,3 %)ga oshib, bir barreli uchun 82,58 dollarni tashkil qildi. AQShning West Texas Intermediate neft fyucherslari (WTI) esa 21 sent (0,3 %)ga oshib, 77,25 dollarni tashkil qilmoqda.


Bu esa energiya kompaniyalarini kelgusi oylarda mahsulotni saqlab pul to'lashdan ko'ra, hozir sotishga undamoqda.


Vanda Insights neft bozori tahlili provayderi asoschisi Vandana Xari: “Neft fyuchers narxlari nisbatan chegaralangan bo'lib qoldi. Hozir bir barrel risk mukofoti kamida 6-7 dollarni tashkil etyapti"-, deb ta’kidladi.


Yamanning Eronga qo‘shilgan hutiylari tomonidan Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo‘g‘ozidagi kemalarga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan hujumlar muhim suv yo‘li orqali yuk tashish bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirmoqda. Juma kunidan beri dron va raketa zarbalari kamida to'rtta kemaga zarba bergan.


Shu bilan birga, neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti va ularning ittifoqchilari (OPEK+) bilan ishlab chiqarishni qisqartirish paketini joriy etgsan. Bunga ko’ra kuniga 500 ming barrel qazib olishni va'da qilgan Rossiya OPEK+ kvotasi bo'yicha fevral oyida o'z kvotasini bajarish niyatida ekanligini ma'lum qildi. “Rossiyada neftni qayta ishlash yil boshidan beri 7 foizga kamaygan” -, dedi seshanba kuni mamlakat energetika vaziri. Chunki Ukrainaning uchuvchisiz samalyotlari hujumi natijasida ob'ektlarga zarar etkazilgan.


Seshanba kuni Reuters agentligining dastlabki so'rovi o'tgan hafta AQShda xom ashyo zaxiralari ko'paygani va benzin zaxiralari kamayganini ko’rsatdi.

Maqolani ulashing:

Photo:Freepik

O'xshash yangiliklar

AQSh xom ashyo zaxiralarining keskin o'sishi dunyodagi eng yirik iqtisodiyotdagi talabga nisbatan xavotirlarni kuchaytirdi.

AQSh zahiralari ko'payishi tufayli zarar ko'rgan neft
#tovarlar

29/02/24

Chorshanba kuni neft narxi pasayib ketdi.

Neft 1% ga tushdi
#tovarlar

28/02/24

Seshanba kuni neft narxlari asosan barqaror bo’ldi.

Neft narxi barqaror
#tovarlar

27/02/24

Dushanba kuni oltin narxlari Osiyo savdolarida pasayib ketdi va so'nggi savdo oralig'ida qayta tiklandi.

Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar
#tovarlar

26/02/24

Dushanba kuni neft narxlari pasayib ketdi. O'tgan haftada Brent narxi 2 foizga, WTI esa 3 foizdan ko'proqqa tushib ketgandi.

Neft foiz stavkalari tufayli yo'qotishlarni davom ettirmoqda
#tovarlar

26/02/24

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “yashil energetika seksiyasi”da ilk bor “yashil energiya” sertifikatlari sotila boshladi.

Birjada yashil sertifikatlar sotila boshladi
#tovarlar

21/02/24

bottom of page