Birjada yashil sertifikatlar sotila boshladi

Birjada yashil sertifikatlar sotila boshladi
#tovarlar
2min
21/02/24, 09:57

Ulashish:
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “yashil energetika seksiyasi”da ilk bor “yashil energiya” sertifikatlari sotila boshladi.
Sertifikatlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan birja savdolarida xaridor sifatida yakka tartibdagi tadbirkorlar, mahalliy korxonalar yoki xorijiy kompaniyalar erkin ishtirok etishlari mumkin.
O‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra birja orqali 26,7 mln so‘mlik dastlabki 2000 ta sertifikatlar sotildi. Sertifikat bo‘yicha birjada shakllangan dastlabki birja kotirovkasi bir dona sertifikat uchun 13360,0 so‘mni tashkil qildi.
Bir dona «yashil energiya» sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.
“Yashil energetika” sertifikatlarini birja savdolari orqali sotilishi qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantiradi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlarini Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bozorlariga eksport qilishda imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 maydagi PQ-156-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi va ushbu sertifikat Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti akkreditatsiyasidan o‘tgan.
Photo:Freepik
O'xshash yangiliklar
Dushanba kuni oltin narxlari Osiyo savdolarida pasayib ketdi va so'nggi savdo oralig'ida qayta tiklandi.
Bugungi oltin narxidagi o’zgarishlar
#tovarlar
26/02/24