Nvidia aksiyalari AI chiplariga bo'lgan talab tufayli daromadi keskin o'sdi

Nvidia aksiyalari AI chiplariga bo'lgan talab tufayli daromadi keskin o'sdi
#fond bozorlari
2 min
22/02/24, 11:40

Ulashish:
Nvidia to'rtinchi chorakda kutilganidan ko'ra yaxshiroq daromadga erishgani haqida xabar berdi. Sun'iy intellektga asoslangan chiplarga bo'lgan talab o'sish prognozini e'lon qilgandan so’ng payshanba kuni bozor oldi savdolarida aksiyalarni keskin oshib ketdi.
Bosh ijrochi direktor Jensen Xuang so'nggi 12 oy ichida kompaniyaning bahosida katta o'sishni ta'minlagan generativ sun'iy intellektning gullab-yashnashi haqida gapirar ekan, yangi paydo bo'lgan texnologiya "cho'qqi nuqtasida" ekanligini aytdi. “Dunyo bo‘ylab kompaniyalar, tarmoqlar va davlatlarda talab ortib bormoqda”, dedi u.
So’nggi uch oylikdagi Nvidia-ning 22,1 milliard dollar daromaddan 5,16 dollarlik aksiya boshiga tushgan daromadini e’lon qildi.
Nvidia-ning sun'iy intellektga bo'lgan talabni o'lchaydigan ma'lumotlar markazining daromadi 18,40 milliard dollargacha o'sdi. Bu o'tgan yilga nisbatan 409 foizga baland va uning AI grafik protsessorlariga, jumladan H100 protsessorlariga talab ortib bormoqda. Ushbu protsessorlar 17,06 milliard dollarlik daromadni qayt etdi.
Bularning barchasi sun’iy intelekt haypi davom etishini bildiradi
Nvidia-ning hisoboti butun AQSh indekslariga kuchli ta’sir o’tkazdi. Ularning barchasida o’sish kuzatildi.
O'xshash yangiliklar
2024-yil 19-aprel kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi (ADX) bilan bir qator muhim tashabbuslar bo‘yicha hamkorlik qilish uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
“Toshkent” Respublika fond birjasi va Abu-Dabi fond birjasi o'rtasida anglashuv memorandumini imzoladi
#fond bozorlari
22/04/24