Kaspi O’zbekistonda! U qanday kompaniya?

Kaspi O’zbekistonda! U qanday kompaniya?
#tahlil, #termin
1-daqiqa
13/07/24, 11:47

Ulashish:
Qozog’istonning yirik, mobil aloqa va naqd pulsiz operatsiyalarni amalga oshiradigan IT kompaniyasi o’zbek bozoriga kirib kelishni rejalashtirmoqda. Kompaniya o’z tarmog’ini kengaytirish uchun Osiyo mamlakatlari, Sharqiy Yevropa va O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda. Ushbu kompaniya aynan nimasi bilan ajralib turadi? 2020-yilda kompaniya Yevropa va Yevrosiyodagi eng tez rivojlanayotgan IT-moliya tashkilotlaridan biriga aylangan. Hozirda Qozog’iston bozorida yetakchi o’yinchilardan hisoblanadi. Kompaniya 2020-yil avgustda London fond birjasida IPO o’tkazgan. Shundan so’ng kompaniyaning kapitallashuvi 20 milliard dollardan oshdi. Qozogʻiston IT-sanoati mutaxassislari kompaniyaning taraqqiyoti va istiqboliga katta ishonch bildirishgan. U Xitoyning WeChat va AQShning WhatApp ilovalaridan keyingi obunachilarni eng tez jalb qiladigan kompaniya hisoblanadi. Qamrovni kengaytirish “Kaspi"ga 100 mln foydalanuvchiga ega kompaniyaga aylanish imkonini beradi. Uning bitta aksiyasi narxi hozirda 130 dollardan yuqori.
Photo: Google