“NVIDIA” ning shu kungacha tarixi

“NVIDIA” ning shu kungacha tarixi
#tahlil, #termin
3 min
20/03/24, 10:19

Ulashish:
NVDIA- korporatsiyasi bosh shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Santa-Klara shahrida joylashgan bo’lib, bozor kapitallashuvi bo’yicha dunyoning uchunchi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Hozirda bozor kapitallashuvi bo’yicha $2.234 trillion dollarni tashkil qilib, Microsof va Apple kompaniyasidan keyingi eng yirik korporatsiya hisoblanadi.
NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Xuang hisoblanadi. Jensen Xuang va uning ikki muhandis do’sti Kertis Priem va Kris Malachovskiy tomonidan dastlab $200 dollar sarmoya bilan boshlangan.
NVDIA 1993-yil asos solingan bo’linsa ham kompaniya birinchi IPOni (Innitial Public Offering) 1999-yil 12-yanvarda bo'lib o'tdi. Aksiyalar o’sha vaqtda $12 ga sotildi. 1999-yildan hozirgi kungacha NVDIA aksiyalari 5 marta split (bo’linish) sodir bo’ldi.
Hozirda esa NVDIA aksiyalarining har bitta aksiyalari $893.98 dollar turadi. Hozirgi kungacha bo’lgan davrda NVDIA juda katta o’sishni ko’rsatdi.
NVDIA aksiyalari 1999-yil IPO dan so’ng $12 dan savdoda bo’lgan, shu davrgacha sodir bo’lgan aksiyalarni bo’linishi hisobiga $0,5 dollarni tashkil qilgan (chunki IPOdagi aksiya hozirgacha 24 ta bo’lakga bo’lingan) aksiya fond bozorida bir qancha o’sishga erishdi.
2008-yil jahon moliyaviy inqirozidan oldin $9.9 dollarni tashkil qilgan, aksiya iqtisodiy depressiya sabab $1.6 gacha tushdi.
2016-yil fevral oyidan boshlab keyingi 2 yilda NVDIA aksiyalari kuchli o’sishi ko’rsatdi. Lekin, AQSh federal reservning foiz stavkalarini oshirishi, global iqtisodiyotning sekinlashuvi, ayniqsa, NVDIA o’sha davrlarda ishlab chiqarishini asosini tashkil qilgan yarimo'tkazgichlarga talabning sekinlashishi va Xitoyning o’zida NVDIAga raqobatdosh kompaniyalarning paydo bo’lishi oqibatida savdo urushining kuchayishi sabab NVIDIA aksiyalari oktyabr oy 2018-yil $73 gacha ko’tarilishi uzoqga bormay, yil oxirida $31 gacha pasaydi.
2019-yilda NVDIA o’zini tiklab olishga harakat qildi. 2020-yil mart oyida sodir bo’lgan koronavirus pandimiyasi sabab aksiylar bozorida pasayish NVDIA aksiyalarini chetlab o’tmadi.
2021-yil noyabr oyida aksiyalari narxi $342 gacha ko’tarildi. Lkin unan so’ng aksiylar narxida doimiy pasayish kuzatildi. Faqat NVDIA emas butun S&P 500 indeksida aksiyalarda pasayish davom etdi. Ayniqsa texnologiya bilan bog’liq kompaniyalar o’zlarini tiklab olishga harakat qilishdi. Bu holatga Meta aksiyalaridagi bu davrda bo’lgan qulashni misol qila olamiz.
2022-yil oktabrdan boshlab davom etayotgan NVDIA askiyalaridagi o’sishni to’xtatib bo’lmayapti. Oxirgi oylarda NVDIA kompaniyasi hisobotlarda yaxshi natijalar ko’rsatdi. Dunyo bozorida mikrochiplar va yarimo’tkazgichlarga talab nisbatan oshdi.
NVDIA oxirgi chorakda dunyodagi eng yirik kompaniyalari hisoblangan Saudiyaning yirik neft magnat kompaniyasi Saudi Aramco va hatto Googlni ortda qoldirdi. Dastlab, $200 sarmoya bilan boshlangan ushbu kompaniyani bu darajada o’sishga eishishini hech kim kutmagan edi.
Photo: cascade