ServiceTitin IPO arafasida!

ServiceTitin IPO arafasida!
#IPO, #kompaniyalar
2 daqiqa
13/12/24, 07:38

Ulashish:
ServiceTitan - bu savdolarni amalga oshiradigan operatsion tizim.
ServiceTitan reklama, ishlarni rejalashtirish va boshqarish, jo'natish, schyot-fakturalarni yaratish, to'lovlarni qayta ishlash kabi ko'plab savdo jarayonlarini bog'lab, boshqaradigan end-to-end cloudga asoslangan dasturiy ta'minot platformasini taqdim etadi. Platforma savdolar uchun operatsion tizim sifatida ishlab chiqilgan. Kompaniya ta'sischilari Ara Mahdessyan va Vahe Kuzoyandir. Ular biznes egalarining farzandlari bo'lib, ota-onalari kabi savdo biznesining rivojlanishiga yordam berish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnologiya bilan ta'minlash uchun ServiceTitan kompaniyasiga asos solgan. Kompaniyaga 2007-yilda asos solingan. Hozirda unda 2870 ta xodim faoliyat olib bormoqda. Kompaniya 2023-yilda 44,9 mlrd dollar, 2024-yilda esa 55,7 mlrd dollar yalpi tranzaksiyadan daromadga erishgan. ServiceTitan IPO ga 8,8 million aksiyani savdoga chiqarib, IPO dan 624,8 million dollar foyda olishni rejalashtirgan. Ilk aksiya narxi 71 dollardan boshlandi. Kompaniya IPOsi uchun anderrayterlar Goldman Sachs,Morgan Stanley,Wells Fargo Securities va Citigroup tashkilotlaridir. IPO sanasi 2024-yil 12- dekabrda bo'lib o'tdi.
Photo: Google