Qimmatli qog'ozlar nima?

Qimmatli qog'ozlar nima?
#termin
3 min
14/02/24, 09:22

Ulashish:
Qimmatli qog'ozlar- yuridik shaxslar bilan qimmatli qog'oz egasi o'rtasida mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlar hisoblanadi.
Qimmatli qog'ozlar - bu davlat va xususiy bozorlarda kapitalni jalb qilish uchun foydalaniladigan moliyaviy vositalar.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 96-moddaga ko'ra qimmatli qog'ozlar sirasiga quyidagilarni misol qilish mumkin;
- aksiya
- obligatsiya
- veksel
- chek
- deposit va jamg'arma sertifikatlari
- konosament
Aksiyalarni nima?
O'zbeksiton Respublikasi “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi " 387-son normativ-huquqiy hujjatga ko'ra:
Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Aksiyalar biznesning bir qismiga egalik qilish vakolatini beruvchi qimmatli qog'oz hisoblanadi.Shuningdek, u o'z egasiga aksiyadorlik jamiyati foydasiga sheriklikni, jamiyatni boshqarishda qatnashish vakolatini beruvchi amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qo'g'oz hisoblanadi.
Obligatsiyalar qanday qimmatli qog'oz hisoblanadi?
Obligatsiyalar - emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.
Obligatsiyalar qarzdorning kreditor oldidagi qarzini tasdiqlovchi hujjat bo'lib, unga egalik qiluvchi shaxs kreditordan obligatsiyaning nominal qiymatidan qat'iy belgilangan foizni olishga haqli bo'ladi.
Umumiy olganda, qimmatli qo'g'ozlar o'z egasiga daromad keltirishga mo'ljallangan bo'lib, mulkiy huquqlar qimmatli qog'oz egasiga o'tadi. Qimmatli qog'ozlar fond birjalarida oldi-sotdi qilinadi. Toshkent fond birjasi orqali jismoniy shaxslar aksiya va obligatsiyalar kabi qimmatli qog'ozlarni brokerlar orqali sotib olish huquqi mavjud.
Photo:Freepik
O'xshash yangiliklar
Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin
29/04/24