top of page
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi nima?

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi nima?

#termin

4 min

12/03/24, 12:24

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariylari qimmatli qog'ozlarni ushlab turadigan va o'tkazadigan moliyaviy bozor infratuzilmalari hisoblanadi.


Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 387-son qonuniga ko’ra;


Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.


Biroq, "Kapital bozorini rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident 291-son qaroriga ko’ra;


“Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi” AJ ga o'zgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bank hisobiga o'tkazilmoqda.


Qimmatli qog'ozlar markaziy depazitariysining vazifalari


  • qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish;


  • hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;


  • qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;


  • qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish;


  • davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;


  • investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlarini yuritish;


  • qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblarni va qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘laridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;


  • O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;


  • O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;


  • investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;


  • Deponentlarning yagona bazasini yuritish;


  • O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlarni berish;


  • Depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.


Aksiyadorlarning ushbu askiyalarga egalik qilayotgani haqida ma’lumot depo hisob varag’ida ko’rinadi. Ushbu depo hisob varog’ini hozirda Markaziy bankga o’tkazilayotgan, ‘’Aksidorlik jamiyati’’ shaklida tashkil etilgan ‘’Qimmatli qo’g’ozlar markaziy depozitariysi’’ yuritadi. Ushbu infratuzilma Respublikadagi yagona qimmatli qo’gozlar egalarini reyestrini yuritishida vakolatli yuridik shaxs hisoblanadi.


2000-yillargacha O’zbekistonda ko’plab depozitariylar mavjud edi va ulardan ba’zilari tijoratchi yuridik shxslar tomonidan reyestri yuritilardi. Albatda, bu qimmatli qog’oz egasining ushbu qimmatli qog’ozga egaligini tasqidlovchi ro’yxat ko’plab depozitariylarda saqlanishi olib kelgan. Undan tashqari, qimmatli qog’ozlar egalari haqidagi reyestr firibgarliklarni oldini olish uchun faqatgina davlat tashkiloti tomonidan yuritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Keyinchalik, ular tugatilib, yagona depozitariy tuzildi.


Dastlab, Markaziy depozitariyni unitar korxona shaklida tashkil qilingan bo’lsa hozirda Aksiyadorlik jamiyati shaklida Markaziy bank huzuriga o’tkazilmoqda.

Hozirda, O’zbeksitonda litsenziyaga ega ‘’MCHJ’’ shaklida tuzilgan kripto depozitariylar ham mavjud. Keyinchalik, ushbu sanoat yaxshiroq tartibga solinsa, Markaziy depozitariy tarkibiga kiritilishi mumkin.

Maqolani ulashing:

Photo: uzreport.news

O'xshash yangiliklar

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) domain.uzex.uz platformasini ishga tushirib, ".UZ" domenlarini onlayn auksion orqali sotishni tashkil qildi. Buning qanday afzaligi bor?

Domenlarni sotish va sotib olishning qanday afzalliklari bor?
#termin

17/12/24

Yangiliklarni o’qish jarayonida ikki atamaga, taqvim yili va moliyaviy yil tushunchalariga ko’p duch kelinadi. Bu ikki atamani bir-biridan farqini bilish zarur.

Moliya yili va kalendar yilining bir-biridan farqi nimada?
#termin

08/05/24

Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin

29/04/24

NASDAQ - dunyodagi eng yirik elektron fond birjalaridan biri hisoblanadi. Market kapitlalashuvi esa  $19 trillionni tashkil qiladi.

Nasdaq fond birjasi nima?
#fond bozorlari, #termin

31/03/24

Aksiya narxi har doim ham kompaniya sifatini ko’rsatmaydi. Ammo qiymati baland bo’lgan aksiyalar haqida bilib olish har bir investor uchun foydali bo’ladi.

Dunyoning eng qimmat 10 ta aksiyalari
#termin

26/03/24

Mamlakatning markaziy banki iqtisodiyotni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan foiz stavkalarini moslashtiradi.

Iqtisodiyotda yumshoq qo'nish va qattiq qo'nish nima?
#termin

23/03/24

bottom of page