Oddiy aksiyalar bilan imtiyozli aksiyalar farqi nimada?

Oddiy aksiyalar bilan imtiyozli aksiyalar farqi nimada?
#termin
3 min
14/02/24, 12:21

Ulashish:
Fond birjasida qimmatli qog'ozlar operatsiyalarni amalga oshiradigan har bir aksiyador oddiy va imtiyozli aksiyalarga duch keladi. Turli xildagi aksiyalarni farqi nimada? Shu kabi savollarga ushbu maqolada javob olamiz.
Aksiya o'zi nima?
O'zbekiston Respublikasi ''Qimmatli qog'ozlar bozori'' to'g'risida qonunga ko'ra;
Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Aksiya- qimmatli qo'goz hisoblanib, u o'z egasiga ma'lum huquqlarni amalga oshirsh vakolatini beradi. Aksiyador o'zi egalik qiladigan jamiyat foydasidan divident olish, jamiyat ishtirokida qatnashish, jamiyat tugatilgandan so'ng qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqlarni taqdim etadi.
Aksiyalar mulk huquqi asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘ladi, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb e’tirof etiladi.
Oddiy va imtiyozli aksiyalar
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Oddiy aksiyalar - egasiga jamiyatda ovoz berish huquqini berib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar- aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan, o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradigan aksiyalar hisoblanadi.
Imtiyozli aktsiyalar va oddiy aksiyalar o'rtasidagi asosiy farq imtiyozli aksiyalar ko'proq qatiiy belgilangan dividend divident ol9ishga mo'ljanlangan bo'lib, bu xususiyati bilan tomonlar o'rtasidagi qarzni tasdiqlaydigan qimmatli qo'goz turi obligatsiyalarga o'xhsaydiobligatsiyaga o'xshaydi. Ya'ni egasiga divident hisobida daromat olishni kafolatlardi.
Oddiy aksiyalarda esa dividendlaridan foyda olish kafolatlanmagan va kompaniya daromat olsagina oddiy asiya egasi divident hisobida kompaniyadan divident olish mumkin.
Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqi bo'lmaydi. Oddiy aksiya egasi esa o'zi egalik qilayotgan kompaniyaning aksiyasiyalar miqdorida aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
Oddiy aksiyalarda narx o'zgarishi imtiyozli aksiyalarga qaraganda yuqoriligi sabab, o'z egasiga invistitsiyaga nisbatan xavfni oshiradi. Imtiyozli aksiylar esa nisbatan barqaror bo'ladi.
Umumiy olganda, oddiy aksiyalar ham imtiyozli aksiyalar ham aksiyadorlar uchun daromad olish uchun mo'ljallangan aktiv bo'lib xizmat qiladi.
Photo:Freepik
O'xshash yangiliklar
Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin
29/04/24