top of page
Neft narxi qulashdan so’ng barqarorlashmoqda

Neft narxi qulashdan so’ng barqarorlashmoqda

#tahlil, #tovarlar

2 min

28/02/24, 10:56

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Yuqori inflatsiya va global yoqilg’iga bo’lgan talabni cheklanishiga olib kelayotgan yuqori foiz stavkalari sabab, qora oltin narxi pasayganligi haqida xabar bergan edik.


Brent nefti 22-26-fevral oralig’ida pastlab, narx $83 dan $80.2 gacha tushgandi. Hozirda narx nisbatan barqarorlashib, $82.2 narxda savdo qilinmoqda.


Neft narxi dekabr oyida o’zining kuchli qo’llab-quvvatlash zonasidan $72.5 narxida reaksiya olganidan beri, hozirda qora oltinda kunlik ko’tariluvchi trend shakllangan. Oxirgi haftalarda Brent nefti bir doirada ko’p tebranmoqda. Fevral oyi ichida bir necha bor $ 83.1 narxini buzib o’tishga urindi, natijada ushbu narxda nisbatan kuchli maxsimum shakllandi.


Brent nefti narxi o’zgarishi jahon bozorida sezilarli o’zgarish olib kelishga qodir bo’lib, bular nisbatan milliy valyutalari neft narxiga bog’langan Kanada dollari (CAD) va Yaponiya yenasi (JPY) ta’sir qilmay qolmaydi.

Maqolani ulashing:

Photo: stockphoto

O'xshash yangiliklar
bottom of page