top of page
IPO ga qanday chiqiladi?

IPO ga qanday chiqiladi?

#termin

4 min

26/02/24, 13:42

1/3 Bitcoin
Ulashish:

IPO - (initial public offering) birlamchi ommaviy taklif hisoblanadi. IPO orqali kompaniya ochiq bozorga aksiyalarni chiqaradi va shu yo’l bilan kapitalini oshiradi. Umuman olganda, IPO - bu kompaniyaning birinchi aksiyasidir.


IPO orqali aksiyalarni chiqarish fond bozorlari mavjudligining asosiy sabablaridan biridir. Kompaniyani IPOga chiqarish uchun vaqt talab etiladi. Qimmat va ko'plab tartibga soluvchi to'siqlardan o'tish zarurdir.


Agar kompaniya IPO ga qiziqsa, u xususiy takliflarni so'rash orqali anderrayterlarga reklama beradi. Qiziqish uyg'otish uchun ommaviy bayonot berishi ham mumkin.


IPO ga chiqish bosqichlari


  1. Takliflar. Anderrayterlar o'z xizmatlarini, chiqarish uchun eng yaxshi turdagi qimmatli qog'ozlarni, taklif narxini , aksiyalar miqdorini  va bozor taklifining taxminiy muddatini muhokama qiladilar va o’z tahlillarini taqdim etadilar.


  2. Anderrayter bilan kelishuv. Kompaniya o'zining anderrayterlarini tanlaydi va shartnomasi orqali anderrayterlik shartlarini rasmiy ravishda qabul qiladi.


  3. Jamoa. IPO guruhlari anderrayterlar, yuristlar, hisobchilar, qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi, CPA va SEC ekspertlaridan iborat.


  4. Hujjatlar. Kompaniya to'g'risidagi ma'lumotlar IPO talablariga binoan tuziladi. S-1 ro'yxatga olish bayonoti IPO ga o’tishning asosiy hujjatidir. U ikki qismdan iborat - prospekt va xususiy hujjatlar to'plamidan tashkil topgan. S-1 ariza topshirish kutilayotgan sana to’g’risidagi dastlabki ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. U IPO ga o’tish oldidan ham tez-tez qayta ko'rib chiqiladi. Kiritilgan prospekt ham doimiy ravishda qayta ko'rib turiladi.


  5. Marketing va yangilanishlar. Marketing materiallari yangi qimmatli qog'ozlar emissiyasini oldindan sotish uchun yaratiladi. Anderrayterlar va rahbarlar talabni baholash va yakuniy taklif narxini belgilash uchun aksiyalarni bozorga chiqaradilar. Anderrayterlar marketing jarayoni davomida o'zlarining moliyaviy tahlillarini o'zgartirishlari mumkin. Bu IPO narxini yoki emissiya sanasini o'zlari xohlagan vaqtda o'zgartirishlarini ham anglatadi. Kompaniyalar aksiyalarni joylashtirish bo'yicha aniq talablarga javob berishlari zarur. Kompaniyalar ham birja listing talablariga, ham ommaviy kompaniyalar uchun SEC talablariga rioya qilishlari kerak.


  6. Kengash va jarayonlar. Direktorlar kengashini tuziladi. Har chorakda tekshiriladigan moliyaviy ma'lumotlarini taqdim etish uchun ishlar olib boriladi.


  7. Aksiyalar chiqarilishi. Kompaniya o'z aksiyalarini IPO sanasida chiqaradi. Birlamchi emissiyadan aksiyadorlar uchum kapital naqd pul olinadi va balansda aksiyadorlarning o'z kapitali sifatida qayd etiladi.


  8. IPO ga o’tgandan so’ng. IPOdan keyin ba'zi qoidalar joriy etilishi mumkin. Anderrayterlar aksiyalarni joylashtirish sanasidan keyin qo'shimcha miqdorda aksiyalarni sotib olish uchun muddatga ega bo'ladilar.


IPO kompaniya uchun katta qadamdir. Chunki u kompaniyaga katta pul yig'ish, ko'proq o'sish va kengayish imkonini beradi. Oshkoralik va aksiyalar ishonchliligi, ommalashuv kabijihatlarni rivlanishiga omil bo’ladi.


Odatda, o'sishning ushbu bosqichida kompaniyaga taxminan 1 milliard dollarlik bahogaega bo’lish talab etiladi. Biroq, kuchli asoslari va tasdiqlangan rentabellik potentsialiga ega bo'lgan xususiy kompaniyalar ham bozor raqobati va ularning listing talablariga javob bera olish qobiliyatiga qarab IPOga qo'yiladi


Dutch East India kompaniyasi aksiyalarini keng jamoatchilikka taklif qilish orqali birinchi zamonaviy IPO ga o'tgan kompaniya hisoblanadi.  Dotcom bumi davrida daromadsiz startaplar ham fond bozoriga ro'yxatga olish uchun harakat qilishgan va o’sha davrda IPO lar eng ko’p bo’lgan davr hisoblangan.


2008-yilgi moliyaviy inqirozdan keyin IPOlar to'xtab qoldi. Bir necha yil o'tgach kamdan-kam uchraydigan yangi ro'yxatlar paydo bo’la boshlagan. Hozirgi kunga kelib 1 milliard dollordan ortiq xususiy daromadga ega bo’lgan kompaniyalar investorlar va ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo’ladilar. Ularning IPO orqali jamoatchilikka chiqishi yoki xususiyligicha qolishi to’g’risidagi qarorlari ko’p muhokamalar ostida bo’ladi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) domain.uzex.uz platformasini ishga tushirib, ".UZ" domenlarini onlayn auksion orqali sotishni tashkil qildi. Buning qanday afzaligi bor?

Domenlarni sotish va sotib olishning qanday afzalliklari bor?
#termin

17/12/24

Yangiliklarni o’qish jarayonida ikki atamaga, taqvim yili va moliyaviy yil tushunchalariga ko’p duch kelinadi. Bu ikki atamani bir-biridan farqini bilish zarur.

Moliya yili va kalendar yilining bir-biridan farqi nimada?
#termin

08/05/24

Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin

29/04/24

NASDAQ - dunyodagi eng yirik elektron fond birjalaridan biri hisoblanadi. Market kapitlalashuvi esa  $19 trillionni tashkil qiladi.

Nasdaq fond birjasi nima?
#fond bozorlari, #termin

31/03/24

Aksiya narxi har doim ham kompaniya sifatini ko’rsatmaydi. Ammo qiymati baland bo’lgan aksiyalar haqida bilib olish har bir investor uchun foydali bo’ladi.

Dunyoning eng qimmat 10 ta aksiyalari
#termin

26/03/24

Mamlakatning markaziy banki iqtisodiyotni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan foiz stavkalarini moslashtiradi.

Iqtisodiyotda yumshoq qo'nish va qattiq qo'nish nima?
#termin

23/03/24

bottom of page