Hafta davomida kuzatish kerak bo'lgan 5 muhim hodisa

Hafta davomida kuzatish kerak bo'lgan 5 muhim hodisa
#tahlil, #fond bozorlari
3 min
20/05/24, 04:51

Ulashish:
FOMC bayonnomasi
Chorshanba kuni AQSh Federal ochiq bozor qo’mitasi yig’ilishining bayonnomasi e’lon qilinadi. Yig’ilish 30-aprel va 1-may sanalarida o’tkazilgan edi.
Hafta davomida bir nechta Fed amaldorlari, jumladan, Atlanta Fed prezidenti Rafael Bostik, gubernatorlar Maykl Barr, Kristofer Uoller va Filipp Jefferson, Klivlend Fed prezidenti Loretta Mester, Nyu-York Fed prezidenti Jon Uilyams va Richmond Fed prezidenti Tomas Barkin ham nutq so’zlashlari kerak.
Nvidia daromad hisoboti
Chorshanba kuni, shuningdek, AI giganti Nvidia choraklik hisobotini e’lon qiladi. Kompaniya birinchi moliyaviy chorakda daromad va foydaning katta o'sishi haqida xabar berishi kutilmoqda.
Gigant iqtisod egalarining PMI hisoboti
AQSh, Xitoy, Yevrozona va Buyuk Britaniya may oyi PMI ma'lumotlarini e'lon qiladi. Bu esa yorqinroq global iqtisodiy istiqbolni kuchaytirishi kerak.
Buyuk Britaniya CPI hisoboti
Buyuk Britaniya chorshanba kuni aprel oyidagi CPI ma'lumotlarini e'lon qiladi. Iqtisodchilar yillik inflyatsiya darajasi keskin pasayib, bir foizdan pastroq natija bo’lishini kutishmoqda.
Qator inflatsiyasiga doir hisobotlar
Iqtisodiy taqvim, shuningdek, AQSh yangi va mavjud uy-joy savdosi , uzoq muddatli tovarlar buyurtmalari va iste'molchilarning kayfiyati haqidagi hisobotlarni o'z ichiga oladi. Buyuk Britaniya iqtisodiy taqvimida juma kuni aprel oyidagi chakana savdo ma'lumotlari ham mavjud.
Photo: Google