top of page
Energiya va gaz narxlaridagi o‘zgarishlar so‘mning kelajakda inflatsiya darajasini 2.4% ga oshirishi mumkin

Energiya va gaz narxlaridagi o‘zgarishlar so‘mning kelajakda inflatsiya darajasini 2.4% ga oshirishi mumkin

#iqtisod, #tahlil

3-min

08/05/24, 12:16

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Markaziy bankning pul kredit siyosati sharhi haqida ma’lumotlarga ko‘ra, energiya va gaz narxlaridagi o‘zgarishlar so‘mning kelajakda inflatsiya darajasini 2.4% ga oshirishi mumkin.


1-may sanasidan belgilanayotgan elektr energiya va gaz narxlaridagi progressiv suratdagi o'sishi haqidagi islohotdan xabaringiz bo‘lsa kerak. 2024-yil so‘m inflatsiya darajasi 9-11% bo‘lishi prognoz qilinmoqda edi.


Biroq ushbu islohot natijasi milliy valyutamiz kutilganidan ko'proq inflatsiyaga uchrashi mumkin Sababi, endi fuqarolar gaz va elektr energiyasiga avvalgidan ko‘proq pul sarflaydi va boshqa narsalar uchun kamroq pul qoldirishadi. Bu boshqa tovar va xizmatlarga talabni kamaytiradi, biroq sotuvchilar o‘zlarining oshgan xarajatlarini ushlab turish uchun narxlarni oshirishdan boshqa iloji qolmaydi.

Har qanday iste’mol tovarini vujudga kelishida elektr energiya yoki gazning ro'li mavjud. O‘zbekistonda korxonalar elektr energiyasi va gazning narxi oshganligi hisobiga ishlab chiqarayotgan tovarlarining narxini oshirishga majbur bo‘lishadi. Natijada, o‘z-o‘zidan iste’mol tovalari narxlari o‘sib, inflatsiyani keltirib chiqaradi.



Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

Bu hafada quyidagi kompaniyalar o'z IPO larini NASDAQ va NYSE fond birjalarida o'tkazishadi.

RanMarine Technology (RAN)
Rubrik, Inc. (RBRK)
Marex Group (MRX)
Loar Holdings

 Bu hafta qaysi kompaniyalar o'z IPO larini o'tkazishadi?
#fond bozorlari

23/04/24

bottom of page